Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​​​​​​​​ Rostdanmi? To'g'rimi? Yoki unaqamasmi? Bugungi | REGISTON MEGA

​​​​​​​​​​​​​ Rostdanmi? To'g'rimi? Yoki unaqamasmi?

Bugungi dars Rostdanmi? To'g'rimi? Yoki unaqamasmi? kabi qisqa savol va jumlalar haqida bo‘ladi.

Dialog:
- You are late (Siz kech qoldingiz)
- Am I? (Men a?)


Yana:
- I was ill last week (Men o'tgan hafta kasal bo'ldim)
- Were you? (Siz a?)


Bunga o'xshash gaplar "rostdanmi?" degan taajjubona munosabatni bildiradi. Gap qaysi zamonda aytilsa shunga qarab javob beriladi.
Misol:
Bobur doesn't like me - Bobur odatda meni yoqtirmaydi.
Doesn't she - u rostdan sizni yoqtirmaydimi?


Gap inkorni ifoda qilsa qisqa javob ham inkor shaklda, aksincha bo'lsa javob ham aksincha bo'lyapdi. Ya'ni, "not"ga "not" bilan javob beriladi.
O'z gapini tasdiqlatish uchun ham yuqoridagiga o'xshash qisqartmadan foydalansa bo'ladi:
Misol:
She lives in London, doesn't she?
- U Londonda yashaydi, shunday emasmi?


Agar gap inkor shaklda bo'lmasa, qisqa so'rov inkor shaklda bo'ladi. Yuqoridagi gap bunga misol. Agar gap inkor shaklda bo'lsa, qisqa so'rov inkor shaklda bo'lmaydi:
Misol:
You haven't got a car, have you?
- Sizning mashinangiz yo'q, yoki bormi?


Ijobiy gapga yana bir misol:
You'll help me, won't you
- Siz menga yordam berasiz, yoki yo'qmi?
(To'g'rimi, shunday emasmi kabi ma'nolar bilan tarjima qilish mumkin).


Biz bilan ingliz tilini (nol)dan IELTS 7.5+ darajasigacha o’rganing!
HTTPS://T.ME/INGLIZ_TILI7