Get Mystery Box with random crypto!

Ingiliz tili uz🇦🇺

Telegram kanalining logotibi ingiliztiliuz — Ingiliz tili uz🇦🇺 I
Telegram kanalining logotibi ingiliztiliuz — Ingiliz tili uz🇦🇺
Kanal manzili: @ingiliztiliuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 138
Kanalning ta’rifi

✏ Ingliz rus ozbek tilida kundalik sozlar
🎧 Audio va matnli mavzular
📚 Eng sara kitoblar
😀 IELTS
🎶 Qoshiqlar matni bilan
✔ Abiturent testlar
Creator: @Mirjalol_171
Admin: #
Reklama #hozircha_yoq

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-01-31 11:23:50 Biz bilan ingliz tilini tez va oson oʻrganing
https://t.me/joinchat/AAAAAEagiJ4v6a0SaimQdA
2.2K viewsedited  08:23
Ochish/sharhlash
2021-01-30 11:41:43 ​​168-dars.

"Ravish shakllari"

Ravishlar shakliga ko‘ra ikki guruhga: sodda va yasama ravishlarga bo‘linadi.

Sodda ravishlar: 
here - shu yerda, bu yerga, 
there - u yerga, o‘sha yoqda, 
now - hozir, endi, 
almost - qariyb, deyarli, 
soon - yaqinda, tez orada 
va boshqalar.

Yasama ravishlar guruhiga sifatga -ly qo‘simchasini qo‘shish bilan yasalgan ravishlar kiradi:
easily - osonlik bilan,
quietly - bemalol, 
slowly - sekin, asta 
va boshqalar

Yana bir qator ravishlar boshqa so‘z turkumlaridan yasalgan: 
daily - har kuni, kunlik,
weekly - haftalik, 
monthly - oylik 
va boshqalar.

Fast, long, far, little, much, early, daily kabi bir qancha ravishlar xuddi shu shakldagi sifatlardan farq qilmaydi. Shuning uchun ularni gapdagi bajargan sintaktik vazifasidan farqlash mumkin, ya’ni, sifat otni aniqlaydi, ravish esa fe’lni yoki boshqa bir ravishni aniqlaydi.

Ayrim ravishlar ikki xil shaklga ega: birinchisi shu shakldagi sifatning shakliga o‘xshaydi, ikkinchisi esa -ly qo‘shimchasi bilan tugaydi. U holda -ly bilan tugagan ravishning ma’nosi sifat bilan bir xil shakldagi ravishdan farq qiladi.

@IngilizTiliUz
2.7K views08:41
Ochish/sharhlash
2021-01-29 16:51:25 Biz bilan ingliz tilini tez va oson oʻrganing
https://t.me/joinchat/AAAAAEagiJ4v6a0SaimQdA
3.1K viewsedited  13:51
Ochish/sharhlash
2021-01-29 12:39:15 Biz bilan ingliz tilini tez va oson oʻrganing
https://t.me/joinchat/AAAAAEagiJ4v6a0SaimQdA
3.1K viewsedited  09:39
Ochish/sharhlash
2021-01-28 08:28:39 ​​167-dars.

"Ravishlarning turlari" (davomi)

 Ravishlar fe’l, sifat va boshqa ravishlarni aniqlashdan tashqari quyidagi vazifalarda ham kelishi mumkin:

1) so‘roq so‘zlar bilan boshlangan so‘roq gaplarda so‘roq so‘z bo‘lib kelishi mumkin. Bu so‘roq so‘zlarga quyidagilar kiradi:
when - qachon?, 
where - qayerda?
why - nima uchun? 
how - qanday (qilib)?

When did you arrive?
Qachon (yetib) keldingiz?

Where are you going?
Qayerga borayapsiz?

Why do you think so?
Nima uchun shunday deb o‘ylaysiz?

How will he do it?
U buni qanday qilib bajaradi?

2) gaplarni bir-biriga bog‘lash uchun ishlatiladi:
Mustaqil gaplarni bog‘lash uchun quyidagi ravishlar ishlatiladi:
So - shuning uchun, shunday qilib, 
therefore - shuning uchun, 
then - so‘ngra, o‘shanda, 
however -  lekin, biroq, ammo, 
nevertheless - shunga qaramay, 
still, yet - shunday bo‘lsa ham, ayniqsa, 
besides - -dan tashqari, 
more over - bundan tashqari,
otherwise, else, or else - aks holda

It was late so I went home.
Kech bo‘lgan edi shuning uchun men uyga ketdim.

It’s very fine weather for a walk, but yet I don’t think I’ll go out.
Sayr qilish uchun havo juda yaxshi, shunday bo‘lsa ham men tashqariga chiqmayman deb o‘ylayman.

Go at once, otherwise (or else) you will miss the train.
Zudlik bilan yo‘lga tushing, aks holda poyezdga kechikasiz.

Ergash gaplarni bosh gaplar bilan bog‘lash uchun quyidagi ravishlar ishlatiladi:

when - -da, paytida, 
where - qayerda, o‘sha yerda, 
why - nima sababdan, 
how - qanday qilib.

He called when I was busy.
U mening band paytimda keldi.

I do not know where he lives.
Men uning qayerda yashashini bilmayman.

I can’t understand why he is late.
Men uning nima uchun kechi kishini tushuna olmayman.

I want to know how you do it.
Buni qanday bajarishingizni bilishni istayman.


Once agar biror ish qilgan bo‘lsa, agar …-sa ma’nosida ishlatilib, gaplarni bog‘lab keladi:

Once you have promised you must do it.
Agar va’da bergan bo‘lsangiz, uni bajarishingiz kerak.

Once you show any fear, the dog will attack you.
Agar qo‘rqqaningizni sezdirib qo‘ysangiz, it sizga tashlanadi.

@IngilizTiliUz
3.7K views05:28
Ochish/sharhlash
2021-01-27 09:38:54
"O'ta iqtidorlilar" uchun Ingliz tili 0'dan | 9-DARS


Biz bilan ingliz tilini tez va oson oʻrganing
https://t.me/joinchat/AAAAAEagiJ4v6a0SaimQdA
3.4K viewsedited  06:38
Ochish/sharhlash
2021-01-26 18:03:47 Biz bilan ingliz tilini tez va oson oʻrganing
https://t.me/joinchat/AAAAAEagiJ4v6a0SaimQdA
3.8K viewsedited  15:03
Ochish/sharhlash
2021-01-26 18:02:31 Biz bilan ingliz tilini tez va oson oʻrganing
https://t.me/joinchat/AAAAAEagiJ4v6a0SaimQdA
3.5K viewsedited  15:02
Ochish/sharhlash
2021-01-26 08:02:39 ​​166-dars.

"Ravishlarning turlari" (davomi)

Holat ravishlari: 
well - yaxshi, 
fast, quickly - tez, 
slowly - asta, sekin, 
quietly - tinch, sokin, 
easily - oson
va boshqalar.

Bu guruhdagi ravishlarning ko‘pchiligi sifatga –ly qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi:

Have you rested well?
Yaxshi dam oldingizmi?

He came into the room very quickly.
U xonaga juda tez kirib keldi.

 Too, also, either, else, only, even so‘zlari ham ravishlardir.

Too va also ham ma’nosida darak va so‘roq gaplarda ishlatiladi, ammo too also - ga qaraganda og‘zaki nutqda ko‘proq qo‘llanadi. Either - ham ma’nosida faqat bo‘lishsiz gaplarda ishlatiladi:

I shall be there too.
Men ham o‘sha yerda bo‘laman.

Have you been there too?
Siz ham o‘sha yerda edingizmi?

They also agreed with me.
Ular ham mening fikrimga qo‘shilishdi.

I have not seen him either.
Men ham uni ko‘rganim yo‘q.

Else - yana ma’nosida so‘roq olmoshlari va ravishlar bilan hamda some, any, no ishtirokida yasalgan gumon olmoshlari va ravishlar bilan keladi:

What else must I do?
Men yana nima qilishim kerak?

Where else did you go?
Siz yana qayerga bordingiz?

Ask somebody else about it.
Bu haqda yana biror kishidan so‘rab ko‘ring.

Are you going anywhere else after that?
Bundan keyin yana biror joyga bormoqchimisiz?

Else - aks holda, u holda, unday bo‘lsa ma’nolarida ham ishlatilishi mumkin. U holda elsedan oldin ko‘pincha or keladi.

@IngilizTiliUz
3.9K views05:02
Ochish/sharhlash
2021-01-25 22:47:35 Biz bilan ingliz tilini tez va oson oʻrganing
https://t.me/joinchat/AAAAAEagiJ4v6a0SaimQdA
3.6K viewsedited  19:47
Ochish/sharhlash