Get Mystery Box with random crypto!

​​175-dars. 'Some / Any (davomi) any of ...  bo‘lishli | Ingiliz tili uz🇦🇺

​​175-dars.

"Some / Any (davomi)

any of ... 
bo‘lishli gaplarda -ning/-dan istalgani (har biri/ har bittasi/ har qaysisi/qaysi biri bo‘lsa ham );
bo‘lishsiz gaplarda -ning/-dan hech biri (hech qaysisi/birortasi ham).

Any of the books will do.
O‘sha kitoblarning qaysi biri bo‘lsa ham bo‘laveradi.

Any of those people couldn’t give useful information.
O‘sha kishilarning hech biri foydali ma’lumot bera olmadi.

Eslatma: Agar so‘roq gap orqali biror narsa taklif qilinsa yoki so‘ralsa any emas some olmoshi qo‘llanadi.

Would you like some coffee?
Kofe ichishni xohlaysizmi?

Would you like some cheese?
Pishloq yeyishni xohlaysizmi?

Could you lend me some money?
Menga qarzga pul bera olasizmi?

No olmoshi faqat bo‘lishsiz gaplarda not any o‘rnida ishlatilishi mumkin.

There are no book(s) on the table.
Stolning ustida kitob(lar) yo‘q.

I have no time to do it now.
Buni qilishga hozir vaqtim yo‘q.

Some, any va no olmoshlarining har biri body, one, thing, where so‘zlari bilan birikib yangi olmoshlarni hosil qiladi.

somebody/someone
anybody/anyone/anything
nobody/no-one/nothing
something/somewhere
anywhere
nowhere

Somebody va someone olmoshlari ma’nodosh bo‘lib, “kimdir” degan ma’noni anglatadi.

Somebody (or someone) is knocking the door.
Kimdir eshikni taqillatyapti.

Something “nimadir”, “biror nima”, “biror narsa” kabi ma’nolarda ishlatiladi.

I am hungry. I want to eat something.
Qornim ochdi. Biror narsa yegim kelyapti.

Somewhere – “biror joy”, “biror yer”, “qayerdir” kabi ma’nolarni ifodalaydi.

“Where is Ted?” “He is somewhere in Europe.”
“Ted qayerda?” “U Yevropaning biror yerida.”

@IngilizTiliUz