Get Mystery Box with random crypto!

​​173-dars. 'RAVISHLARNING GAPDAGI O‘RNI-4' Agar gapning | Ingiliz tili uz🇦🇺

​​173-dars.

"RAVISHLARNING GAPDAGI O‘RNI-4"

Agar gapning oxirida o‘rin ravishi bilan payt ravishi kelsa, o‘rin ravishi payt ravishidan oldin keladi:

I met him there yesterday. 
Men uni u yerda kecha ko‘rdim.

Sifatlarni va boshqa ravishlarni aniqlovchi ravishlar o‘zlari aniqlaydigan so‘zdan oldin keladi:

I’m very glad to see you. 
Men sizni ko‘rishdan juda xursandman.

He speaks English quite well. 
U inglizchani juda yaxshi gapiradi.

Enough yetarli ravishi o‘zi aniqlaydigan sifat, ravish yoki fe’ldan keyin keladi:

My coat is warm enough. 
Mening paltom yetarlicha issiq.

You know English well enough to read this book.
Siz bu kitobni o‘qish uchun inglizchani yetarlicha yaxshi bilasiz.

He does not work enough. 
U yetarli ishlamaydi.

Izoh: Enough sifat bo‘lib kelib, otni ham aniqlashi mumkin, bunda enough otdan oldin keladi, ba‘zan otdan keyin ham keladi:
Don’t hurry, we have enough time (= time enough).
Shoshilmang, bizning yetarli vaqtimiz bor.

Too, either ham, shuningdek ravishlari gapning oxirida keladi:

I shall be there too. 
Men ham u yerda bo‘laman.

I have not seen him either. 
Uni men ham ko‘rganim yo‘q.

Too juda ma’nosida kelganda, u o‘zi aniqlaydigan so‘zdan oldin keladi:

There are too many mistakes in your dictation.
Sizning diktantingizda xatolar juda ko‘p.

@IngilizTiliUz