Get Mystery Box with random crypto!

​​171-dars. 'RAVISHLARNING GAPDAGI O‘RNI-2'  Noaniq zamo | Ingiliz tili uz🇦🇺

​​171-dars.

"RAVISHLARNING GAPDAGI O‘RNI-2"

 Noaniq zamon ravishlari — always, often, seldom, ever, never, just, already, yet, usually, generally, sometimes, still, soon, once va boshqalar fe’ldan oldin ishlatiladi:

He always comes early. 
U har doim erta keladi.

He often goes there. 
U u yoqqa tez-tez borib turadi.

I usually get up at seven o’clock. 
Men odatda soat yettida o‘rnim dan turaman.

I once went there with my brother. 
Men u yerga bir kuni akam bilan borgan edim.

Lekin yuqoridagi ravishlar to be fe’lidan keyin ishlatiladi:

He is always here at fi ve o’clock. 
U har doim soat beshda shu yerda bo‘ladi.

He is never late for the lectures. 
U hech qachon leksiyaga kech qolmaydi.

Gapda qo‘shma fe’l ishlatilgan bo‘lsa, yuqoridagi ravishlar yordamchi fe’l bilan asosiy fe’l o‘rtasida keladi:

I shall never forget it. 
Men buni hech qachon unutmayman.

He has just left. 
U hozirgina ketdi.

Agar gapda ikkita yordamchi fe’l bo‘lsa, ravish birinchi yordamchi fe’ldan keyin ishlatiladi:

He has just been asked to take part in that work.
Undan hozirgina bu ishda qatnashishini so‘rashdi.

Noaniq zamon ravishlari modal fe’l bilan infinitiv o‘rtasida keladi:

You must never get off the tram when it is moving.
Siz hech qachon yurib ketayotgan tramvaydan tushmasligingiz kerak.

I can always prove it to be true. 
Men buning to‘g‘riligini har doim isbotlay olaman.

@IngilizTiliUz