Get Mystery Box with random crypto!

170-dars. 'RAVISH DARAJALARI' 1. Ko‘pgina ravishlarning, | Ingiliz tili uz🇦🇺

170-dars.

"RAVISH DARAJALARI"

1. Ko‘pgina ravishlarning, ayniqsa holat ravishlarining darajalari sifatlarning darajalariga o‘xshaydi.

2. Bir, ikki bo‘g‘inli sodda ravishlarning qiyosiy darajasi -er qo‘shimchasini qo‘shish bilan, orttirma darajasi esa -est qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi:

3. Sifatga -ly qo‘shimchasi qo‘shib yasalgan ravishlarning qiyosiy darajasi uning oldiga more, orttirma darajasi esa oldiga most qo‘yish bilan yasaladi.

4. Often ~ tez-tez, quickly ~ tez, slowly ~ sekin ravishlarining darajalari har ikkala yo‘l bilan yasaladi.


"RAVISHLARNING GAPDAGI O‘RNI"

Gapdagi fe’l o‘timsiz bo‘lsa, holat ravishi fe’ldan keyin keladi:

He walked slowly.
U sekin yurdi.

The sun shines brightly.
Quyosh charaqlab nur sochadi.

 Gapdagi fe’l o‘timli bo‘lsa, ravish fe’ldan oldin yoki fe’ldan keyin
kelishi mumkin. U fe’l bilan to‘ldiruvchining o‘rtasida kelishi mumkin emas:

He answered the question calmly.
He calmly answered the question.
U savolga bosiqlik bilan javob berdi.

He translated the article easily.
He easily translated the article.
U maqolani osongina (osonlik bilan)tarjima qildi.

Fe’ldan keyin infinitiv kelganda, ravish fe’ldan oldin ishlatiladi:

He flatly refused to answer the question.
U savolga javob berishdan qat’iy bosh tortdi.

@IngilizTiliUz