Get Mystery Box with random crypto!

​​169-dars. 'Ravish shakllari' (davomi) Ba’zi ravishlar f | Ingiliz tili uz🇦🇺

​​169-dars.

"Ravish shakllari" (davomi)

Ba’zi ravishlar fe’llar bilan birga ishlatiladi va alohida ma’no beradi. Fe’lning orqasidan kelayotgan ravishga qarab fe’lning ma’nosi o‘zgaradi.
Bu ravishlarga quyidagilar kiradi: about, across, along, around, away, back, by, down, in, on, off, out, over, through, under, up va boshqalar.

Ba’zi hollarda birikmaning ma’nosi shu birikma tarkibiga kirgan so‘zlarning ma’nosidan kelib chiqqan bo‘ladi:

to come back ~ qaytib kelmoq (come ~ kelmoq, back ~ orqaga)

to go away ~ ketmoq (go ~ bormoq, away ~ chetga)

to go down ~ pastga tushmoq (go ~ bormoq, down ~ pastga)

Boshqa hollarda birikmaning ma’nosi uning tarkibidagi so‘zlar ma’nosiga to‘g‘ri kelmaydi:

to make out ~ tushunmoq (to make ~ qilmoq, out ~ tashqarida)

to put out ~ o‘chirmoq (to put ~ qo‘ymoq, out ~ tashqarida)

to give in ~ yon bermoq, taslim bo‘lmoq (to give ~ bermoq, in ~ ichida)

Bu ravishlarni ko‘plarining shakli predloglar bilan mos kelganligi uchun ular predloglar bilan birga o‘rganiladi.

@IngilizTiliUz