Get Mystery Box with random crypto!

USAGE ( ishlatilishi ) 1. Present simple : - odatiy, doimiy | English Grammar🇺🇸🇺🇸

USAGE ( ishlatilishi )
1. Present simple : - odatiy, doimiy egaga xos bòlgan yoki umuman yuz beradigan ish - harakatini ifodalash uchun ishlatiladi ( hozir emas ) :
– John walks to school every day. ( Jon har kuni maktabga piyoda boradi )
– He speaks English well ( U ingiliz tilida yaxshi gapiradi )

2 . Tabiat hodisalari va umumiy haqiqatlar Present simpleda ifodalanadi:
– It rarely rains in the desert . ( Sahroda kamdan - kam yomģir yoģadi )
– The sun sets in the west ( Quyosh ģarbga botadi )

3 Ilmiy asoslangan qonunlar Present simpleda ifodalanadi:

– Water boils at 100 c⁰ ( Suv 100 gradusda qaynaydi )
– Everything moves and vibrates. Nothing rests ( Hamma narsa harakatda va tebranishdadir. Hechnima tinch turmaydi )

4. Rad etib bòlmaydigan haqiqatlar Present simpleda ifodalanadi:
– Nurses look after patients ( Hamshiralar bemorlarga ģamcòrlik qiladi )
– A teacher teaches the students. ( Òqituvchi talabalarga dars beradi )

5. Jadval va kalendar bòyicha qilinadigan ishlar , afishalardagi e' lonlar va qatnovni ifodalaydigan fèllar present simpleda beriladi:

– My favourite film starts at 6 pm ( Sevimli serialim 6 da boshlanadi ).

6. Sport sharhlarida P.Simpledan foydalanamiz .

– He passes the ball to Ronaldo and He shoots.( U tòpni Ronaldoga uzatdi va U zarba berdi .

7. Doimiy holatni bildiruvchi fellar odatda signal sòzsiz ham Present Simpleni ifodalay oladi:
#Doimiy holatni ifodalovchi fe'llar : live, work ,know, teach, be, like, hate

– I live in Fergana ( Men farģonada yashayman )
– He works as a teacher ( U òqituvchi bòlib ishlaydi )
– Ì am a student (Men talabaman )

8. " If " "Unless" "Provided that" " When" "As soon as" "As long as" "Before" "Until" " Till" kabi boģlovchilar bilan boģlangan shart va payt ergash gaplarda Future Simple òrnida Present simple kelasi zamondagi ish harakatni ifodalash uchun ishlatiladi:

If he comes, I shall ask him about it. ( Agar u kelsa, men u haqida undan sòrab olaman )
– I shall go there unless it rains. ( Agar yomģir yoģmasa , men u yerga boraman)

NOTE : Unless ( agar ..... masa ) dan keyin ( not ) kelmaydi chunki Unlessning ozi inkor ma'no ifodalaydi ....
Obuna bòlamiz :https://t.me/ingiliz_tili_grammatika