Get Mystery Box with random crypto!

Andijon davlat universitetidagi voqea boʻyicha jinoyat ishi qo | 💡Yosh Dasturchi ️️️️️️️️

Andijon davlat universitetidagi voqea boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

2021-yil 04-dekabr kuni soat 14:00 larda, Andijon shahar Taxtakoʻprik MFY, Universitet koʻchasida joylashgan Andijon Davlat Universitetining taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotgan “Tarix” fakulteti binosiga, ushbu oliygohning talabasi Abdusalomova M. ning oila aʼzosi sifatida ota-onalar majlisiga kelgan Parpiyeva E. ushbu binoning 4-qavatida uyali aloqa telefon apparatidan foydalanib, ehtiyotsizligi natijasida zinalarning toʻsiqlari boʻlmaganligi sababli zinapoyadan pastga yiqilish natijasida “Ogʻir” tan jarohati olib, RSHTYOIM Andijon filialiga yotqizilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida ushbu binoda “S Haus” MCHJ tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi va ushbu jamiyat ishchilari tomonidan zinapoyalarning toʻsiqlari olib tashlanib, qurilish ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi.

Hodisa joyiga Andijon shahar prokurori F.Raxmanov, prokuror oʻrinbosari S.Mamajanov, shahar prokuraturasi tergovchisi A.Otabekov hamda Andijon shahar IIOFMB tezkor-tergov guruhi chiqib, hodisa joyi ichki ishlar boʻlimi tergovchisi holislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shaxar IIOFMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan “S Haus” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan 04.12.2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi JKning 257-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari Andijon shahar IIOFMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan olib borilmoqda.

Jinoyat ishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi, natijalari haqida qoʻshimcha axborot berilishi taʼminlanadi.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020
@infoTUIT