Get Mystery Box with random crypto!

Neyming nima va u sizga nega kerak? Faraz qilaylik, yangi b | Infoshop

Neyming nima va u sizga nega kerak?

Faraz qilaylik, yangi biznesga qoʻl urdingiz... Ish boshlash uchun kerakli barcha narsalar tayyor, faoliyat turi aniq, reja puxta ishlab chiqilgan. Kompaniyaga nom topish qolgan, xolos... “Yaxshiroq nom topilsa topildi, boʻlmasa nomini “Apple” qoʻyamiz desangiz, bu nomni Jobs allaqachon ilib ketgan...

Neyming xizmati sizga mana shunday daqiqalarda kerak!

Neyming – kompaniya uchun nom ustida ishlash jarayoni boʻlib, brendingning muhim qismi hisoblanadi. Professional neymerlar mijozlar eʼtiborini oʻziga jalb qiluvchi, kompaniya haqidagi umumiy tasavvurni isteʼmolchiga yetkazib beruvchi va ularning yodida saqlanib qoluvchi nom ustida ishlashadi.

“Nomning nima ahamiyati bor?” desangiz qattiq adashasiz. Statistik maʼlumotlarga koʻra, isteʼmolchilarning 74%i mahsulot xarid qilishda yoki xizmat turiga buyurtma berishda brend nomiga eʼtibor qaratishadi.

Oʻz kompaniyangizga asos solsangiz, unga qanday nom bergan boʻlardingiz?

Site | Telegram| Facebook | Instagram