Get Mystery Box with random crypto!

Emojilar haqida qiziqarli 7 fakt Emojilar – onlayn muloqotd | Infoshop

Emojilar haqida qiziqarli 7 fakt

Emojilar – onlayn muloqotda hissiyotlarni ifodalab berishga koʻmaklashuvchi vositadan odamlar ongiga taʼsir koʻrsatish “quroli”ga aylangan. Bugun emojilarsiz virtual hayotni tasavvur qilish mushkul.

Emojilar haqidagi qiziqarli faktlar bilan tanishishga tayyormisiz?

Dunyodagi eng mashhur emoji – “quvonch koʻz yoshlari aks etgan qiyofa” hisoblanadi.
Ayni vaqtdagi emojilarning umumiy soni 3000 tadan oshadi.
Ayollarning oʻz xabarlarida emojilardan foydalanish koʻrsatkichi erkaklarga nisbatan 16% ga koʻproq.
Emojilar 57% internet foydalanuvchilariga yoqadi.
Sotuv matnlari va xabarlarda emojilardan foydalanish mijozlar sonini oshiradi.
Emojilar qoʻshib yozilgan postlar 60%ga koʻproq layk toʻplaydi.
Sotuv jarayonida mijozlarga emojilar bilan murojaat qilish ulardan javob olish ehtimolini 4 barobarga oshiradi.

Siz virtual muloqotda emojilardan koʻp foydalanasizmi? Eng sevimli emojiyingiz qaysi?

Site | Telegram | Facebook | Instagram