Get Mystery Box with random crypto!

Talaba boʻla olmadingizmi? Tabriklaymiz! Yoʻq, siz xato oʻqi | Infoshop

Talaba boʻla olmadingizmi? Tabriklaymiz!

Yoʻq, siz xato oʻqimadingiz! Biz sizni qarshingizdagi yangi imkoniyatlar bilan qutlayapmiz.

Oliygohga o‘qishga kira olmaslik – fojia emas. Ishonmaysizmi?

Mett Mullenveg – WordPress yaratuvchisi

Mullenveg Xyuston universitetining 1-bosqichida oʻqiyotgan vaqtida WordPress platformasi uchun dasturiy taʼminot yaratgan. 20 yoshida ishlab tajriba orttirish uchun oʻqishni tashlagan.

Ingvard Kamprad – IKEA asoschisi

Kamprad 17 yoshida oʻqishdan voz kechgan. U asos solgan kompaniya 90 000 nafar xodimni ish bilan ta'minlagan. IKEAning bir yillik daromadi 10 milliard dollardan oshadi.

Richard Brenson – Virgin Group asoschisi

Milliarder Brensonning ham diplomi yo'q. Ammo, unga tegishli boʻlgan Virgin Group 500 dan ortiq kompaniyani nazorat qiladi.

Bir soʻz bilan aytganda, eʼtiborni shunchaki “diplomli” boʻlishga emas, ilm olish, olingan bilimni amalda qoʻllash va natijaga qaratish kerak. Fikrimizga qoʻshilasizmi?

Site | Telegram | Facebook | Instagram