Get Mystery Box with random crypto!

Pitbildiq akaning uyidagi suhbat. -Dadasi, dunyoda nima gapl | Informatika va AT

Pitbildiq akaning uyidagi suhbat.

-Dadasi, dunyoda nima gaplar?

-Shu desang xotin, Rossiya Ukrainani adabini beryapti. Yevropaga "Senga gaz bermayman" degan edi, qo‘rquvdan qaltirab qoldi. Putinga qoyilman. Boplayapti.

-Ha, dadasi. Gaz deganingizga, aytib qo‘yay. Ko‘mir, tappi, o‘tin g‘amlab qo‘yaylik. Yoz jazirama bo‘lsa qish qaxraton bo‘ladi, deyishadi-ku.

-To‘g‘ri aytasan. Kecha ko‘mir olgani bormoqchi edim. Kunim metan zapravkada o‘tdi. Benzin ham qimmatlashib ketdi, yaramas.

-Dadasi, qo‘shnimizning o‘g‘li aytdi. Urush boshlanganiga benzin qimmatlashibdi. Rossiya Yevropaga sotayotgan gazi ham aslida bizniki ekan. Amaldorlarimiz qanaqadir shartnoma bilan gazimizni Putinga berib qo‘yibdi. Shuning uchun tappiga kunimiz qolibdi. To‘g‘rimi shu?

-Tshsh, jim. Siyosatga aralashma. Devorning ham qulog‘i bor. Bor ko‘k choy damla. Achchiq bo‘lsin.