Get Mystery Box with random crypto!

​​Men bu ishlarni bilmasdan qildim, siz bunday qilmang #tajrib | Informatika va AT

​​Men bu ishlarni bilmasdan qildim, siz bunday qilmang
#tajriba #foydali

16 yillik tajribamda, kompyuter bilan sodir etgan eng yomon xatoliklarimni sanab beraman, bularning deyarli ko'pi, kompyuter bilan endi tanishgan paytlarimda bo'lgan, lekin hozir ham aktual.

Maqsad, siz bunday xatoliklarga yo'l qo'ymasligingizni oldini olish, diqqat bilan o'qing va o'zingizga xulosa qiling:

1. Eng birinchi xato kompyuter sotib olishdan boshlangan, sotuvchi dollarda narh etgan, men esa so'mda tushunib kam pul oborganman va ikki martta ovora bo'lganman(2004 yillar).

2. Kompyuter monitori katta hajmli bo'lar edi va ustiga narsa yopib qo'yish moda edi, lekin ishlayotganda ustidagi matoni olib tashlash lozim bo'lgan, sababi qizigan issuq havo tashqariga chiqishi kerak edi. Men esa, matoni olib tashlamay ishlar edim, natijada monitorning orqa plastmas korpusi qorayib erishni boshlagan.
Xulosa, havo chiqadigan teshiklar ochiqligiga e'tibor bering, ayniqsa kompyuter keysini orqa qismini devorga yopishmaganiga e'tibor bering, notebook teshirklarini yopib qo'ymang.

3. Windows XP tizimiga ikkita antivirus: Kaspersky va DrWeb o'rnatganman va kompyuter darhol qotib qolgan, keyin qo'shni usta chiqib, bittasini "Безопасный режим" orqali o'chirib bergan. Demak, hech qachon ikkita antivirus(!) o'rnatmang.

4. U paytlarda katta hajmli fayllarni vinchester orqali ko'chirar edik, qandaydir o'yin yozish uchun qo'shnimni vinchesterini olib keldim va ulamoqchi bo'ldim. Keys ichida joy kichik bo'lgani uchun, o'z vinchesterimni oyog'im ustiga quydim, qo'shnimnikini yaxshilab joylashtirdim, kompyuterni yoqdim va oyog'imni sal qimirlatgan edim, vinchesterim tushib ketti va ichidagi ma'lumotlar bilan birga vinchester uxladi, rosa yig'laganman.
Demak, vinchester juda nozik narsa, sal zarb yesa ichidagi disklar zarar ko'radi va axlatga tashlanadi.

5. Radiodetal, svetodioadlarga qiziqqan paytim, kompyuter blok pitaniyasiga kop svetadiodlarni ulay boshladim, kompyuter ichi "светомузыка" bo'lib ketdi, juda chiroyli manzara, lekin navbatdagisini ulash jarayonida xatoga yo'l qo'ydim va blok pitaniyadan ajraldim(.

6. Kompyuterimdagi birinchi muammo, o'yin paytida qotib qolish odatini chiqardi, sababini hech kim bilmasdi, internet ham yo'q.
Maslahat berishdi, platadagi kondensatorlar ishdan chiqqan, shunda sal ishgan kondensatorlarni almashtishga qaror qildim va markasi bo'yicha qidirib topdim(o'sha paytda Toshkentdagi barcha radiodetal do'konlarini qayerdaligini bilib oldim) va almashtirdim, lekin muammo hal bo'lmadi.

Shu muammo bilan bitta tanishimga kompyuterimni berib yubordim.
Aslida muammo protsessorda edi, ham juda kuchsiz ham qizib ketadigan Celeron protsessori edi.

7. 2010 yil  Notebook sotib oldim va shu yilning o'zida akkumlyatorini buzdim, sababi tokka ulagan holda tinmasdan o'yin o'ynadim va akkumlyator zaryad ushlamay qoldi.

Bu xatolarni qilishdan tiyiling, birovning xatosidan o'rganing!

@informatika