Get Mystery Box with random crypto!

INFORM Farg'ona

Telegram kanalining logotibi inform_fargona — INFORM Farg'ona I
Telegram kanalining logotibi inform_fargona — INFORM Farg'ona
Kanal manzili: @inform_fargona
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.03K
Kanalning ta’rifi

INFORM GROUP
Ishonch
5 yillik tajriba
2000 talabalar
10 xodimlar
Sifatli hizmat

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-08-21 11:05:01
#Qabul2021 #Ovozli_chat
Test sinovlarining dastlabki yakunlari bo‘yicha ovozli chat

Bugun, 21-avgust kuni soat 15:00 da Davlat test markazining telegramdagi rasmiy kanali (@dtmuzb) orqali oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining dastlabki yakunlari bo‘yicha ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chatda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirok etadi.

Unda quyidagi mavzular bo‘yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob beriladi:

test sinovlarining dastlabki yakunlari;
koronavirusga chalinganlar uchun qo‘shimcha test sinovlari;
test sinovlarining yakuniy natijalarini e’lon qilish;
xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari.

Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

@davlattestmarkazi_info
546 viewsedited  08:05
Ochish/sharhlash
2021-08-21 09:54:37
O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlarida 110 nafar abituriyent tana harorati yuqori bo‘lgani sababli test sinovlariga kiritilmagan.

@davlattestmarkazi_info
454 viewsedited  06:54
Ochish/sharhlash
2021-08-20 22:06:19
#Тезкор #Расман
#Tez #Rasmiy
Testlar 23 -avgust kuni tana harorati yuqori va koronavirus bilan kasallangan abituriyentlar uchun o'tkaziladi.

Bu shuni anglatadiki, mandat 2 sentyabrgacha davom etadi.

Biz bu xabarni abituriyentlarga yuboramiz

@davlattestmarkazi_info
475 viewsedited  19:06
Ochish/sharhlash
2021-08-20 22:05:03 O'qishni ko'chirish bo'yicha ariza topshirganlar diqqatiga!

Arizalar deyarli ko'rib chiqib bo'lindi, shaxsiy kabinetingizga kirib, ariza holatini tekshirishingiz mumkin. Agar arizangizda kamchilik bo'lsa yoki o'qishni ko'chirish sababi o'rinli deb topilmagan bo'lsa, "Ariza rad etildi" deb qizil yozuv chiqadi, agar qabul qilingan bo'lsa yashil rangda "Qabul qilindi" yozuvi chiqadi.

Yashil rangli yozuv bu ishingiz hali 100% hal bo'ldi degani emas, yakuniy natijalarni kutishingiz kerak. Agar arizangiz rad etilgan bo'lsa, umidingizni uzavering.

Eng asosiysi, kimlardir pul evaziga perevodingizni hal qilib beraman desa, umuman ishonmang. Bu yili perevodni pul bilan hal qilib bo'lmaydi, insha'Allah bu ishlarga korrupsiya aralashmaydi.
@davlattestmarkazi_info
420 viewsedited  19:05
Ochish/sharhlash
2021-08-19 09:32:16 Президент гранти учун ўтиш бали — 185,85 баллни ташкил қилди

ДТМнинг мандат сайтидаги рўйхатда Президент гранти учун даъвогарлик қиладиган абитуриентлар рўйхати эълон қилинди. Унга кўра, 185,85 баллдан юқори кўрсаткичга эришган 233 нафар абитуриент Президент грантига даъвогарлик қиладиган бўлди.

Чунки қоидага биноан, 200-ўриндаги абитуриент билан бир хил балл тўплаган барча абитуриентлар ушбу грантга даъвогарлик қилишади. Натижаларга кўра, 185-ўриндан 233-ўрингача абитуриентлар бир хил 185,85 балл тўплашган, шу сабабли барчаси Президент грантига даъвогарлик қилишади.

Шунингдек, республика бўйлаб жами 75 нафар абитуриент энг максимал 189 балл тўплашди.

Эслатиб ўтаман, Президент грантини олганлар гарчи контрактга кирган бўлса ҳам, давлат гранти асосида ўқишади.

Қуйида Президент грантига даъвогарлик қилаётган 233 нафар абитуриентларнинг ОТМ кесимидаги маълумотлари билан танишишингиз мумкин:

ОТМ номи / даъвогарлар сони

Тошкент давлат юридик университети — 73
Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети — 46
Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети — 26
Тошкент давлат иқтисодиёт университети — 9
Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университети — 9
Тошкент тиббиёт академияси — 9
Тошкент молия институти — 5
Бухоро давлат университети — 4
Бухоро давлат университетининг Педагогика институти — 4
Фарғона давлат университети — 4
Навоий давлат педагогика институти — 4
Қорақалпоқ давлат университети — 4
Тошкент давлат шарқшунослик университети — 4
Андижон давлат университетининг Педагогика институти — 3
Наманган давлат университети — 3
Ўзбекистон Миллий университети — 3
Қарши давлат университети — 2
Самарқанд давлат чет тиллар институти — 2
Самарқанд давлат университети — 2
Термиз давлат университетининг Педагогика институти — 2
Бухоро тиббиёт институти — 1
Гулистон давлат университети — 1
Жамоат хавфсизлиги университети — 1
Жиззах давлат педагогика институти — 1
Нукус давлат педагогика институти — 1
Ўзбекистон журналистика ва оммавий коммуникациялар университети — 1
Ўзбекистон халқаро ислом академияси — 1
Қўқон давлат педагогика институти — 1
Қорақалпоғистон тиббиёт институти — 1
Самарқанд давлат тиббиёт институти — 1
Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти — 1
Термиз давлат университети — 1
Тошкент ахборот технологиялари университети — 1
Тошкент давлат стоматология институти — 1
Тошкент педиатрия тиббиёт институти — 1

P.S.: ушбу маълумотлар коронавирусга чалинган ёки тест куни иситмаси юқори бўлган абитуриентлар учун ўтадиган қўшимча тест натижаларидан кейин ўзгариши мумкин.


@davlattestmarkazi_info
384 viewsedited  06:32
Ochish/sharhlash
2021-08-18 21:55:51
Талабаларга таълим кредити беришнинг янги тартиби тасдиқланди

Вазирлар Маҳкамасининг «Олий таълим ташкилотларида тўлов-контракт асосида ўқиш учун таълим кредитлари ажратишни тартибга солиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори (№527, 18.08.2021 й.) қабул қилинди.

Унга кўра, талабаларга таълим кредити беришнинг янги тартиби тасдиқланди. Таълим кредити Марказий банкнинг асосий ставкаси (ҳозирда 14%) миқдорида ажратилади.

Таълим кредитининг асосий қарзи талабанинг расмий ўқиш муддати тугагандан сўнг еттинчи ойдан бошлаб 7 йил давомида қайтарилади.

Яқин кунларда каналимиз орқали таълим кредити мавзусига бағишлаб Молия вазирлиги ҳамда Марказий банк мутасаддилари иштирокида овозли чат ташкил қилишни режалаштиряпмиз. Унда талабалар ва уларнинг ота-оналарини қизиқтирган барча саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламиз.


https://t.me/davlattestmarkazi_info
390 viewsedited  18:55
Ochish/sharhlash
2021-08-18 21:50:46 Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Ma’lumki, alohida iqtidor talab etiladigan yoki fanlar majmuasida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markaziga taqdim etildi va mazkur natijalar Davlat test markazining maxsus tizimlariga joylashtirildi.

Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari va test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limi orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@mandat2021bot
@mandat_2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
444 views18:50
Ochish/sharhlash
2021-08-18 21:50:45 Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirganlar diqqatiga!

Ko‘plab talabgorlarning murojaatlariga asosan xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza topshirgan va arizasi qabul qilingan, lekin test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarga to‘lovni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda.

Unga ko‘ra xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan talabgorlar 2021-yil 19-avgust kuni 18:00 ga qadar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Bu talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda ular uchun berilayotgan so‘nggi imkoniyatdir.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
514 views18:50
Ochish/sharhlash
2021-08-18 11:58:36
#Тезкор

Жорий ўқув йили анъанавий (оффлайн) тарзда бошланади


Barcha abituriyentlarga ulashing!

Davlat test markazi
T.me/davlattestmarkazi_info
591 viewsedited  08:58
Ochish/sharhlash
2021-03-11 08:38:59 ​​​​ Iqtisodiyot universiteti bitiruvchilariga xorij diplomi ham beriladi!

Bitiruvchilar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va London universiteti (University of London) diplomini qo‘lga kiritadi.

Buyuk Britaniyaning 17 ta nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan iborat London universiteti (University of London) federatsiyasi kengashi mazkur qo‘shma taʼlim dasturini maʼqulladi. London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) akademik rahbarligi asosida TDIU va London universiteti (University of London) hamkorligidagi xalqaro qo‘shma taʼlim dasturiga qabul jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan rejalashtirilgan.

Mazkur qo‘shma taʼlim dasturiga 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab quyidagi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul amalga oshiriladi:

- Bugalteriya hisobi va moliya (Accounting and finance);
- Iqtisodiyot (Economics);
- Bank ishi va moliya (Banking and finance).


Ushbu qo‘shma taʼlim dasturi bitiruvchilarga mamlakatimiz va xorijning nufuzli tashkilotlarida o‘z faoliyatlarini olib borishlariga imkoniyat yaratib beradi. Loyiha orqali talabalar eng yaxshi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan holda, yangi g‘oyalar va tajribalar bilan yurtimiz kelajagiga munosib hissa qo‘shishiga ishonamiz.

Davlat test markazi
T.me/davlattestmarkazi_info
20.2K views05:38
Ochish/sharhlash