Get Mystery Box with random crypto!

Info Capital Books

Telegram kanalining logotibi infocapitalbooks — Info Capital Books I
Telegram kanalining logotibi infocapitalbooks — Info Capital Books
Kanal manzili: @infocapitalbooks
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 849
Kanalning ta’rifi

“Info Capital Books” nashriyoti:
📚 Jahon bestseller asarlarining o'zbekcha talqindagi kitoblari;
📑 Sifatli nashriyot xizmatlari;
🚛 Istalgan manzilga yetkazib berish xizmati!
Muhokama uchun: @icb_books
☎️ 998 88 890 89 11
Admin: @icbbuyurtma

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-08-18 16:44:51
"Inson xulq-atvorining ba'zi prinsiplariga ko'ra, biz muvaffaqiyatga erishish uchun ko'p hollarda boshqalardan yordam kutamiz. Ularning yordamini go'yoki, shunday bo'lishi kerakligi uchun bo'layotgandek qabul qilamiz. Aslida esa barchasi o'zimizga bog'liq!"

Robert Chaldini

https://t.me/infocapitalbooks
841 viewsedited  13:44
Ochish/sharhlash
2022-08-18 11:12:58
Robert Chaldini - amerikalik ijtimoiy psixolog. Uning barcha ishlari doimiy tajribaga asoslangan. Uning "Ta'sir psixologiyasi" kitobi terminologiyaga ortiqcha urg'u bermagan holda aniq, oson uslubda yozilgan.

"Ta'sir psixologiyasi" ning asosiy g'oyasi shundaki, barcha odamlar umumiy xulq-atvor namunalari bilan ajralib turadi (kitobda ular qoidalar shaklida taqdim etilgan). Bu qoidalardan biznes rahbarlari, menejerlar, ommaviy axborot vositalari va hatto prezidentlar ham foydalanadilar.

Robert Chaldini
"Ta'sir psixologiyasi"
480 bet
Qattiq muqovali
Narxi: 59 900 so'm

Buyurtma uchun: @icbbuyurtma
+998 88 890 89 11

Yetkazib berish xizmati mavjud!

https://t.me/infocapitalbooks
322 views08:12
Ochish/sharhlash
2022-08-18 07:09:02
Kitob bilan pichoqning o‘g‘risi bo‘lmaydi, deyishadi. Ya’ni, kitob o‘g‘irlaganlar o‘g‘ri hisoblanmas ekan. Shu mavzuda bahs-munozaralar ham bo‘lgandi. Xullas, o‘g‘irlikmi, o‘g‘irlik, katta-kichigi, og‘ir-yengili bo‘lmaydi, uning yagona nomi o‘g‘irlik, tamom. Fanda kitob o‘g‘rilari bibliokleptoman deyiladi. Dunyodagi eng mashhur kitob o‘g‘risining ismi — Stiven Blumberg. U 270 kutubxonadan 23000 nodir kitobni o‘g‘irlagan. Uning kutubxonasining narxi 20 million dollardan oshadi.

https://t.me/infocapitalbooks
329 views04:09
Ochish/sharhlash
2022-08-17 08:41:55
#fakt

1. Dunyodagi ilk kitoblar ikki ming yil oldin paydo bo’lgan. Ular daraxt va sham eritmasidan tayyorlangan. Ammo Priss qo’lyozmasi deb nomlangan qadimiy kitob besh yarim ming yil oldin papirus yordamida yozilgan ekan.

2. Dunyo bo’yicha jami 130 millionta kitob mavjud. Bu kitoblarning donasi emas, asarlar miqdori asosida hisob-kitob qilingan.

3. Eng sirli kitob sifatida Voynich qo’lyozmasi e’tirof etiladi. Bu kitobda qaysidir o’simlik haqida so’z boradi. Biroq kitob insoniyat tarixida mavjud bo’lmagan tilda yozilgani bois olimlar hali hanuz uni o’qiy olishmayapti.

4. Dunyodagi eng qimmat kitob «Lester majmuasi» deb nomlanib, Leonardo da Vinchi qalamiga mansub. Kitob kimoshdi savdosida Bill Geytsga 24 million dollarga sotilgan. Ajablanarlisi, ushbu kitobni ko’zgu yordamisiz o’qib bo’lmaydi.

https://t.me/infocapitalbooks
3.0K views05:41
Ochish/sharhlash
2022-08-16 18:05:57
"Mening hayotdagi shiorim - doimo o'rganish va o'sish. Agar odam o'sishni to'xtatsa, u bir joyda qotib qoladi. Rivojlanish - bu hayot. Buning uchun, siz doimo maksimal darajada harakat qilishingiz kerak"

Bodo Shefer

https://t.me/infocapitalbooks
439 viewsedited  15:05
Ochish/sharhlash
2022-08-16 14:12:56
#yangi_nashr

Bodo Sheferning "Moliyaviy erkinlik sari yo'l" kitobi siz aziz kitobxonlarimiz uchun yangi nashrdan chiqarildi!

Kitob passiv daromad olish borasidagi kitoblar orasida allaqachon katta mashxurlikka erishgan. Unda nazariy taxminlar yoki katta daromad olish uchun ideal strategiyalar mavjud emas, shuningdek, divanda o'tirib, qanday qilib tezda boyib ketish haqida ham gapirmaydi. Muallifning o'zi yozganidek, har qanday muvaffaqiyat intizom va doimiy rivojlanishni talab qiladi.

Shefer o'z seminarlarida: "Agar o'quvchi kitobni yoddan bilsa yoki muallifning barcha nashrlarini o'qib chiqsa-da, lekin bu qoidalarni amalda qo'llamasa, hayotda hech narsaga erisholmaydi", deya ta'kidlaydi.

Bodo Shefer
"Moliyaviy erkinlik sari yo'l" (yangi nashr)
390 bet
Qattiq muqovali
Narxi: 47 900 so'm

Buyurtma uchun: @icbbuyurtma
+ 998 88 890 89 11

Yetkazib berish xizmati mavjud!

https://t.me/infocapitalbooks
307 viewsedited  11:12
Ochish/sharhlash
2022-08-16 10:02:36
Axloq-odob borasida buyuk asarlar yaratgan Muhammad Jabalrudiy kitob haqida shunday deydi: "Ey, aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo'qdir. Kitob fasohat, balog'atda, latofatda tengi yo'q, munofiqlikdan xoli hamrohdir. Yolg'izlikda va g'amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday hamdamki, so'zlarida yolg'on va xato bo'lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malollik etmaydi. U o'z do'stining dilini og'ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g'iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar etadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar etadi. Kitobdek do'st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni o'tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham "kitob aql qal'asidir".

https://t.me/infocapitalbooks
785 views07:02
Ochish/sharhlash
2022-08-15 17:03:24
#fakt

Dunyodagi eng katta kitobning o'g'irligini bilasizmi? U 1300 kg bo'lgan.

Stalin kun davomida 400 bet kitob o'qigan va bu u uchun har kunlik odat bo'lgan. Siz 1 kunda necha bet kitob o'qiysiz?

Qizil kitob bilan birga qo'shimcha ravishda Qora kitob ham mavjud bo'lib, unga insonning halokatli faoliyati tufayli Yer yuzidan butunlay yo'q bo'lib, qirilib ketgan hayvonlar va o'simliklar kiradi.

https://t.me/infocapitalbooks
297 viewsedited  14:03
Ochish/sharhlash
2022-08-15 11:16:42
Bu mo'jaz kitob boshliqlarning hayoti va faoliyati davomida uchraydigan muammolar, shuningdek, ularning yechimlariga doir tajribali lider hisoblangan Jon Baldonining lo'nda maslahatlarini o'zida mujassam etgan. Maslahatlarda amaliy va taktik jihatlar ko'zda tutilgan.

Tajribali yetakchilar bu kitobdan ayrim masalalarga mutlaqo boshqacha yondashish va o'zlaridagi liderlik hislatlarini yanada boyitishga undovchi misollarni topishadi. Yoshlar uchun esa bu kitob dolzarb va amaliy ahamiyat kasb etadi!

Kitobni o'qing va rahbarlik qilishda davom eting!

Jon Baldoni
"Liderning oltin kitobi"
224 bet
Qattiq muqovali
Narxi: 29 000 so'm

Buyurtma uchun: @icbbuyurtma
+998 88 890 89 11

Yetkazib berish xizmati mavjud!

https://t.me/infocapitalbooks
299 viewsedited  08:16
Ochish/sharhlash
2022-08-15 05:07:02
Jon Baldoni (1952-yil 23-noyabr, Ann Arbor, Michigan, AQSH) — biznesning turli sohalarida yetakchi kompaniyalarga rahbarlik, murabbiy va maslahatchi boʻyicha koʻplab kitoblar muallifi.

Leadership Guru International tomonidan 10 ta eng nufuzli liderlardan biri deb e'tirof etiladi.

U ko'plab nashrlarda, jumladan, The New York Times, USA Today, The Chicago Tribune va Investor's Business Daily kabilarda taniqli shaxs sifatida keltirilgan.

U yuksak inson va tug'ma lider deya tilga olinib, muntazam ravishda Forbes, Harvard Business Review, CBSNews/Moneywatch va Bloomberg/Businessweek Internet-versiyalarida nashr etiladi.

https://t.me/infocapitalbooks
292 views02:07
Ochish/sharhlash