Get Mystery Box with random crypto!

#fakt Jinoyatchilarga taʼlim berish 2005-yildagi statistik m | Info Capital Books

#fakt

Jinoyatchilarga taʼlim berish

2005-yildagi statistik maʼlumotlarga ko‘ra, Braziliya qamoqxonalarida taxminan 513 ming kishi bor edi. Ularning 30 foizigina maktab maʼlumotiga ega bo‘lgan. Mahbuslar maʼlumotlarini yaxshilash va reabilitatsiya qilish uchun 2012-yilda qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, qamoqxonada kitob o‘qish orqali jazo muddatini qisqartirish nazarda tutilgan edi.

Braziliyadagi 4 ta federal qamoqxonadan birida mahbus maxsus dasturda ishtirok etadi: u kutubxona fondidan badiiy adabiyot, falsafa yoki ilmiy asarlar mavzusidagi kitobni tanlaydi va uni 21 kundan 30 kungacha o‘qishi kerak. Shundan keyin kitob haqida insho yozadi va bu insho maxsus komissiya tomonidan baholanadi. Firibgarlik yoki plagiat uchun mahbus ushbu huquqdan mahrum qilinadi. Har bir o‘qilgan kitob uchun qamoq muddati 4 kunga qisqartiriladi. Lekin, yiliga 12 tadan ko‘p bo‘lmagan kitob hisobga olinadi.

https://t.me/infocapitalbooks