Get Mystery Box with random crypto!

G.G.Markes 1927-yilda Kolumbiyaning shimoli-g‘arbida joylashga | Info Capital Books

G.G.Markes 1927-yilda Kolumbiyaning shimoli-g‘arbida joylashgan Arakatuka shaharchasida dunyoga kelgan. Gabo (Gabriel) hayotida o‘chmas iz qoldirgan kimsa uning bobosi iste’fodagi polkovnik Nikolos hisoblanadi. U bobosining hayotidan o‘z romanlarida foydalandi. «Bobom va buvim, - deb eslaydi Markes, - jinlar bilan to‘lib ketgan eski uyda yashar edilar. Ularning har ikkisi ham irimchi bo‘lib, g‘aroyib tasavvurga ega bo‘lganlar...». Gabrielning otasi dorishunos bo‘lib, u o‘g‘lining ham farmatsevt bo‘lishini istar edi. Gabriel esa advokatlik kasbini orzu qildi. Markes dastlabki hikoyasini 17 yoshida yozgan va 60-yillarga qadar uning asosiy kasbi jurnalistika bo‘lib qoldi. Uning bu faoliyati Bogotada, «El Espektador» («Sharhchi») ro‘znomasidan boshlandi. Adib yozuvchi sifatida shakllanar ekan, ko‘proq Xeminguey, Kafka va ayniqsa Folkner ijodidan ko‘proq kuzatgan. Yozuvchi Parijda, Venesuelada, Meksikada va Toshkentda ham bo‘lgan.

https://t.me/infocapitalbooks