Get Mystery Box with random crypto!

Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy (1894 | Info Capital Books

Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy (1894.4.10-Toshkent-1938.10.4)) – XX asr yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Bogʻbon oilasida tugʻilgan. Otasi Qodirbobo (1820–1924) xon, beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida (1865) Toshkent mudofaasida qatnashgan. Otasi boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator asarlari, xususan tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol oʻynagan. Abdulla Qodiriy musulmon maktabida (1904–06), rus-tuzem maktabida (1908–12), Abulqosim shayx madrasasida (1916–17) taʼlim oldi; Moskvadagi adabiyot kursida (1925–26) oʻqidi. Yoshligidanoq qadimgi Sharq madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya topgan; arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Jahon adabiyotini ixlos bilan mutolaa qilgan.

https://t.me/infocapitalbooks