Get Mystery Box with random crypto!

Phoenix

Telegram kanalining logotibi infinity170770 — Phoenix P
Telegram kanalining logotibi infinity170770 — Phoenix
Kanal manzili: @infinity170770
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 112

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-04-12 02:51:27 Jim bo'l, ey ko'nglim!

Sukutinga javoban, hamma narsani eng xayrlisi bo'lishiga ishongan holingda sukut saqla.

Toki har sukuting bir javob bo'lsin!
Har sukuting sabring bo'lsin!
Har sukuting duo bo'lsin!

Mavlono Rumiy
77 views23:51
Ochish/sharhlash
2023-04-11 17:39:50 Ba'zi insonlarga xuddi o'zlariday muomala qilsangiz, gaplaringizdan malollanishadi.
76 views14:39
Ochish/sharhlash
2023-04-11 05:47:06 Haqiqatni tan olishni o'rganing, u qanchalik og'ir bo'lsa ham.
76 views02:47
Ochish/sharhlash
2023-04-10 15:53:25
Bir insonning hayotini bittagina kitob o'zgartirishi mumkin.

X.Malkolm
80 views12:53
Ochish/sharhlash
2023-04-10 07:51:27 E'tibor ham narkotik kabidir. Dastavval boshingni aylantiradi. Keyinchalik qaram boʻlasan. Ko'p qabul qilganing sari dozasi oshib boradi.

Mufarridaa
76 views04:51
Ochish/sharhlash
2023-04-09 05:34:26
Gunohlar yelkangni tog' kabi ezadi.

Bir kuni Hazrat Bahovuddin Naqshbanddan mo'jiza ko'rsatishlarini so'rashibdi. Shunda Hazrat o'rinlaridan turib biroz yurib, yana qayta o'tiribdilar. Odamlar ajablanib, mo'jiza ko'rsatmaysizmi deyishganda, u zot javoban yelkamizda tog'day gunohlar ila yurishimizni o'zi mo'jiza emasmi, deya javob qaytargan ekanlar.
81 views02:34
Ochish/sharhlash
2023-04-08 06:28:41 Bahor fasllar gultoji
90 views03:28
Ochish/sharhlash
2023-04-07 15:30:28 O'zbekistonga kelganimdan buyon bir mavzu yuzasidan g'alati holda yuribman. U ham bo'lsa, doimgidek til masalasi. Bankga yoki shifoxona deymizmi, shu kabi yerlarga kirmay, rus tilida gapiradi. Hayhot, u ham o'zbek, men ham. Tashqi qiyofam ruslarga oz bo'lsa-da o'xshamaydi ham.

Ha, til bilishning yomon tomoni yo'q. Har bir ehtiyoj sezilgan yoki sezilmagan tilni o'rganish kerak. Ammo bu degani, umuman o'z tilingdan uyalib, boshqani tilini singdirib olgin deganimas-ku? Nimaga endi O'zbekistonda yashab turib o'zbekcha gapirsak, uyatga qolishimiz yoki kamsitilgan muomilani ko'rishimiz kerak ayrim joylardan? Meni aqlim ishlamayabdi bu masalada.

To'g'ri, rus so'zlarining juda ko'pi tilimizga qattiq o'rnashib qolgan. Odatiy so'zlashmalarda o'zimda ham shu ahvol. Lekin ketkazishim, shuning ustida ishlashim lozim.

Rus tilida gapirgan o'zbekga o'zbekcha javob qaytarsak, mensilmaslik, pisandga ilinmaslik munosabatidan charchadik ochig'i. Shu mavzu bo'yicha bugun dodamga aytar ekanman, yana-da shijoatlantirib qo'ydilar.

"O'zbekcha gapirayotgan sen emas, birovni tilini o'ziga sindirib olgan ular uyalsin! Aslida o'z tili turib, boshqaning tilini e'zozlab ketayotganlar ustidan kulinishga haqli!" deb aytdilar.

Xullas, bir ish qilsak. Tilimizda ko'p yuradigan rus kalimalarini kamroq ishlatishga va bora-bora sof o'zbek tilida gaplashishga kirishib olsak. Bu uchun nima qilamiz? - Tabiiyki o'zimiz ustimizda ishlaymiz. Sof o'zbek tilida gapirishga harakat qilamiz. Astalik bilan rus so'zlarini tilimizdan yo'qotib boramiz. Ya'ni ishni o'zimizdan boshlaymiz. In shaa Alloh, Alloh murodimizga yetkazadi.

Masalan o'zimizga yaqinroq bo'lgan turklarga qarasak ham, sof turk tilida gaplashishadi. Boshqa tillarni bilishsa-da, o'z tilida gapirayotganda u so'zlarni qo'shishmaydi. Boshqa ko'plab xalqlar ham bunga yetarlicha misol bo'la oladi.

Hozirgi mendagi gaplar shulardan iborat

• Bookgeek
89 views12:30
Ochish/sharhlash
2023-04-05 17:56:59 Islom har qanday aqlli insonning oxirgi manzilidir.

Lev Tolstoy
104 views14:56
Ochish/sharhlash
2023-04-03 09:22:00 Tushunish – qalb xotirjamligining manbai.
53 viewsedited  06:22
Ochish/sharhlash