Get Mystery Box with random crypto!

Juda ko'plab yoshlarimiz tomonidan oliy ta’lim muassasalarinin | "ɪɴᴅɪᴠɪᴅ" ɴᴛᴍ

Juda ko'plab yoshlarimiz tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovining yakuniy natijalari — mandat kechikayotgani yuzasidan e'tirozlar kelib tushmoqda.

Yoshlarning murojaatlari sabab Davlat qabul komissiyasi bilan bog'landim. Mandat natijalari tez kunda (katta ehtimol bilan yaqin 1-2 kun ichida) e'lon qilinishini aytishdi. Shu sababli abituriyent-yoshlarimizdan va ularning yaqinlaridan yana biroz sabrli bo'lishni so'ragan bo'lardim.

Shu o'rinda, mas'ul tashkilot sifatida Davlat test markazi ham rasmiy bayonot berib qo'ysa, ortiqcha savollar va tushunmovchiliklarning oldi olingan boʻlardi.

@alisher_sadullaev