Get Mystery Box with random crypto!

"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi"

Telegram kanalining logotibi indep_uz — "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" I
Telegram kanalining logotibi indep_uz — "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi"
Kanal manzili: @indep_uz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 528
Kanalning ta’rifi

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi, "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi", Admin: https://t.me/Mansur_Bekpulatovich Сайт. www.indep.uz

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-01 08:58:01
"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Institutsional iqtisodiyot" nomli darslik chop etildi.

Ushbu darslik “Institutsional iqtisodiyot” fani dasturiga muvofiq yozilgan bo‘lib, unda ushbu fanning metodologik asoslari, predmeti va asosiy tushunchalarining mazmun-mohiyati yoritilgan. Shuningdek, darslikda jamiyatda rasmiy va norasmiy institutlarning roliga, bozor instituti, shartnomalar, transaksiya xarajatlari, xufiyona iqtisodiyot, mulkchilik, firma, davlat va uy xo‘jaligi rivojlanishning institutsional nazariyalarining asoslarini yoritishga keng o‘rin berilgan.

Darslik oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat yo‘nalishi talabalari, magistrantlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar hamda o‘qituvchilar, shuningdek, institutlar iqtisodiyoti masalalari bilan qiziquvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
169 views05:58
Ochish/sharhlash
2022-08-01 07:48:01
#bu_qiziq

Dunyodagi eng qadimiy kitob Priss papirusi hisoblanadi. Asar uni 1839-yili Fiva shahridan topgan Emil Priss sharafiga shunday nomlangan.

Manbalarda keltirilishicha, qo'lyozma eramizdan avvalgi 3350-yili Misr fir'avnining bosh vaziri Pta-Gotep tomonidan yozilgan. Muallif yozganlari orqali yoshlarning tarbiyasizligi, dangasa va axloqsizligidan noroziligini ifodalagan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
172 views04:48
Ochish/sharhlash
2022-07-26 09:21:59
"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Industrial tashkilotlar" nomli o'quv qo'llanma chop etildi.

O‘quv qo‘llanmada “Industrial tashkilotlar” fanining mohiyati va vazifalari, monopoliya va tartibga solish, narxlarni diskriminatsiyalash, sof raqobat, kelishuv, asosiy agent muammolari, bozor tarkibi va bozor kuchi, birlashish, tadqiqot va rivojlanish, tarmoqlar va standartlar, mahsulotlar differensiyasi to‘g‘risida nazariy va amaliy yondashuvlar keltirilgan.


O‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi asosida tahsil oluvchi barcha ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari, ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar hamda sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirishlari uchun xizmat qiladi.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
249 viewsedited  06:21
Ochish/sharhlash
2022-07-26 08:21:07
#bu_qiziq

Yuqorida keltirilgan rasm 1948-yili Hindistonning Madras (hozirda Chennay deb ataladi) shahridagi o'quv jarayonidan olingan lavha hisoblanadi.

Talaba imtihonlarga tayyorlanish jarayonida uxlab qolmaslik uchun sochlarini mix yordamida devorga "qoqib" qo'ygan, deyiladi manbalarda.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
225 views05:21
Ochish/sharhlash
2022-07-25 07:39:09
#bu_qiziq

Dunyodagi eng qimmat badiiy asar Leonardo da Vinchi tomonidan ko‘chirilgan «Leychester kodeksi» kitobidir.

Uni «Microsoft» asoschisi Bill Geyts 1994-yili Nyu-Yorkdagi «Sotbis» auksionidan 30,8 million dollarga sotib olgan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
238 views04:39
Ochish/sharhlash
2022-07-19 09:18:01
#bu_qiziq

Google hozirgi kungacha chop etilgan barcha badiiy, publitsistik, ilmiy asarlar sonini hisoblab chiqdi. Hisob-kitoblarga ko'ra, ularning soni 130 milliondan oshar ekan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
610 views06:18
Ochish/sharhlash
2022-07-19 08:06:19
"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Global iqtisodiy rivojlanish" nomli darslik chop etildi.

Ushbu darslikda “Global iqtisodiy rivojlanish” faniga kirish, jahon iqtisodiyotining globallashuvi konsepsiyalari, globallashuv va xalqaro savdoning rivojlanish tendensiyalari, globallashuv sharoitida ishchi kuchi migratsiyasi, transmilliy korporatsiyalarning milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini taʼminlash muammolari ochib berilgan.

Darslik magistraturaning 5А230101 – Iqtisodiy nazariya mutaxassisligi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etiladi.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
272 viewsedited  05:06
Ochish/sharhlash
2022-07-18 09:22:01
#bu_qiziq

Dunyodagi eng katta lug‘at «Nemis lug‘ati» («Deutsches Wortetbuch») bo‘lib, u 1854-yili Yakob va Vilgelm Grimm tomonidan boshlangan. Bu ishga keyinchalik turli olimlar hissa qo‘shib, 1971-yili yakunlangan. 33 jildli ushbu lug‘at 34519 betdan iborat.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
236 views06:22
Ochish/sharhlash
2022-07-18 08:11:51
"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Falsafa" nomli darslik nashrdan chiqarildi.

Falsafa darsligi davlat ta’lim standartlarida berilgan talablar asosida tayyorlangan. Darslik tarkibiga falsafa tarixi, ontologiya, gnoseologiya, antropologiya, ijtimoiy falsafa masalalari kiritilgan. Avvalgi “Falsafa” adabiyotlaridan farqi, unda falsafa fani iqtisod bilan bogʻlab yoritilgan. Din falsafasi, Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari berilgan.

Darslik falsafa bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar, oʻqituvchilar va iqtisodiy yoʻnalishdagi talaba-yoshlarga moʻljallangan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
222 viewsedited  05:11
Ochish/sharhlash
2022-07-16 10:18:01
#bu_qiziq

Fanda kitob o‘g‘rilarini bibliokleptoman deb atashadi.

Dunyodagi eng mashhur kitob o‘g‘risining ismi — Stiven Blumerg. U 270 kutubxonadan 23000 nodir kitoblarni o‘g‘irlagan. Uning «kolleksiya»si narxi 20 million dollardan oshadi.

Facebook I Telegram I Web I Instagram
391 views07:18
Ochish/sharhlash