Get Mystery Box with random crypto!

​​ 'Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi' tomonidan 'I | "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi"

​​ "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" tomonidan "Investitsiya loyihalar tahlili" nomli darslik chop etildi.

Ushbu darslikda mahsulot ishlab chiqarish, tashkil etish, barqaror rivojlantirish uchun biznes loyiha tuzishning zarurligi va investitsiya loyihasini ishlab chiqish asoslari ko‘rsatib o‘tilgan. Investitsiya va biznes loyihaning nazariy hamda amaliy asoslari, xususan bozorni o‘rganish, marketing tadqiqoti olib borish, marketing rejasini tuzish va uni samarali texnologiya bilan uyg‘unligini taʼminlash, ishlab chiqarish rejasi, moliya rejasini tuzish, biznes rejani amalga oshirilishi uchun ishchi kuchi va kadrlar bilan taʼminlash, investitsiyadagi tavakkalchilikni boshqarish kabi savollar ushbu darslikda o‘z ifodasini topgan.

Darslik oliy taʼlim muassalari professor o‘qituvchilari, aspirantlar, oliy taʼlim muassalarining ijtimoiy soha, iqtisod va huquq bilim sohasi, iqtisod taʼlim sohasi, iqtisodiyot (makroiqtisodiyot) taʼlim yo‘nalishi talabalari hamda kichik biznes bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga mo‘ljallangan.

Facebook I Telegram I Web I Instagram