Get Mystery Box with random crypto!

Tafakkur qilmaysizmi !? MashaAllah bitta insonni Islom jamiya | X/T Axborot resurs kanali

Tafakkur qilmaysizmi !?

MashaAllah bitta insonni Islom jamiyatiga qo'shgan xissasini ko'ring. Alloh roziligini olgan bo'lsin!

Endi tafakkur qilamiz, buyuk shaxs Alisher Navoiy bobomiz bu insonlardan 100-1000 barobar ko'p Islom dini yo'lida xizmat qilgan, o'sha davrda jamiyat rivoji uchun juda katta mablag‘ sarflab buyuk ishlar qilgan.

Lekin o‘limi oldidan aytgan gaplarini bilasizmi?
"Dunyoga kelib yashadim, lek umrimni kop qismini G‘aflatda o‘tkazib yubordim" degan ekan.

Agar tafakkur bilan hozirgi jamiyatimizni kuzatsak aholimizning juda ko‘p qismi hayotda yo‘qdek yashamoqda.

Zino, qimor, g‘iybat va hasad bugungi jamiyatimizning ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda. Bunday illatlardan qutilib Yaxshilik qilishni ko‘paytiraylik, zero Yaxshilik va savob ishlar - Dunyoda saodat boshi va Oxiratda Najotdir!!!

Odamlar bor tiriklikda o‘likdir,
Odamlar bor o‘liklikda tirikdir!.

#shaxsiy_fikr @zoitoff_701