Get Mystery Box with random crypto!

YURTIM SHAMOLI Koʻnglimni qoldirdi tadbirkozliklar, Tadbirlar | IMHO

YURTIM SHAMOLI

Koʻnglimni qoldirdi tadbirkozliklar,
Tadbirlardan qolgan qarsakbozliklar.
Mayli, maddohlikni qilavering siz,
Quloqqa lagʻmonni ilavering siz.

Jonimga tegdi ha qogʻozbozliklar,
Nosoz tizimdagi koʻp nosozliklar.
Shukur qil deya yuravering siz,
Oʻzga yurt xayolin suravering siz.

Olamga toʻldi-ku chamanbozliklar,
Paxtaga chulgʻangan paxtabozliklar.
Boʻlar ish boʻlar deb turavering siz,
Manqurt bir jamiyat quravering siz.

Yoshlarda avj oldi qimorbozliklar,
Tamannolar ichra tamannozliklar.
Oʻzgalardan najot kutavering siz,
Najotkor matohni titavering siz.

Toʻralardan qolgan joʻrabozliklar,
Nomardlardan qolgan nojonbozliklar.
Oqar daryo kabi oqavering siz,
Jaholat oʻchogʻin yoqavering siz.

Soddalar ichinda nayrangbozliklar,
Yantoqlar uzra koʻp bayrambozliklar.
Menga ne deb bilmay ketavering siz,
Shundayin dunyodan oʻtavering siz.

Sarvarbek Habibulla

Manba: @Sarvarbek_ijodiyoti

@imho_my