Get Mystery Box with random crypto!

Oʻyin-kulgiga vaqtimiz yoʻq Oʻzbekistonning hozirgi holati va | IMHO

Oʻyin-kulgiga vaqtimiz yoʻq

Oʻzbekistonning hozirgi holati va jahon miqyosidagi oʻrnini hisobga oladigan boʻlsak, biz taʼlim dargohlariga taʼlim olish uchun borishim zarur. "Yosh paytim oʻynab-kulib qolay" degan oʻy-xayolda emas. Nega shu gapni aytisharkin-a?! Goʻyoki ular faqat yosh payti mazza qilib yashab, keyin umuman bunga vaqti boʻlmaydigandek. Bir narsa ayon: agar yoshlik payti faqat oʻynab-kulish bilan oʻtib ketadigan boʻlsa, keyinchalik hayotdan zavq olishga aniq vaqti boʻlmaydi.

Har kim koʻrpasiga qarab oyoq uzatganidek Oʻzbekiston yoshlari ham oʻz sharoitiga, atrof-muhitiga qarab harakat qilishi kerak. Agar biz hozir faqat oʻyin-kulgi qilib, ilm olishni tark qilib, mamlakatimizni rivojlantirmaydigan boʻlsak, biz sogʻlom jamiyatda va rivojlangan yurtda yashamayotganimizdek kelgusi avlod ham farovon umrguzaronlik qilolmaydi. Kelajak avlod yaxshi yashashi uchun ham bugun harakat qilmogʻimiz darkor. Bizning zimmamizdagi masʼuliyat ancha katta.

@imho_my