Get Mystery Box with random crypto!

Bir kuni maqtanib qoldi telefon: — Odamlar qoʻlidan tushmayman | IMHO

Bir kuni maqtanib qoldi telefon:
— Odamlar qoʻlidan tushmayman zinhor.
Men goʻzal "Samsung"man, men oʻshal "Ayfon",
Chunki mening "ulug" internetim bor.

Kitob javob berdi sokin va begʻam:
— Mayli sen har qalbga ziyo solgansan.
Faqat haqiqatni tan olgin bolam,
Axir hammasini mendan olgansan!

Xurshid Karim

Telegram Instagram