Get Mystery Box with random crypto!

#kadastr #elon #yoshlar #stajirovka Kadastr agentligida ol | "TIQXMMI" MTU Yangiliklari✍️

#kadastr #elon #yoshlar #stajirovka

Kadastr agentligida oliy ta’lim muassasalarining bitiruv kursi talabalari stajirovkasini tashkil etish bo‘yicha E’LON

Faoliyat yo‘nalishi:
yosh mutaxassislarni Agentlik tizimi xizmatiga tayyorlash, kasbiy faoliyat mas’uliyatini his etish va tajribali mutaxassislarning ish faoliyatini o‘rganish orqali oliy ta’lim muassasalarida olgan nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlash;

Rasmiy talablar:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
oliy ta’lim muassasalarining kadastr va iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi shaklining bakalavriat bosqichi bitiruv kurs talabalari;

Mehnat sharoiti:

Barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
bazaviy hisoblash miqdorining uch barobarigacha miqdorda;

Murojaat muddati va manzil:
nomzodlar muntazam ravishda belgilangan namunadagi ariza, ma’lumotnoma-ob’ektivka, pasport va diplom nusxasini Kadastr agentligining “info@kadastr.uz” elektron pochtasiga yuborish lozim (ma’lumot uchun telefon: 71-202-55-65).
Stajirovkaga qabul qilish tartibi va savollar ro‘yxati bilan Kadastr agentligining rasmiy Telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.


tiiame.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube |Twitter