Get Mystery Box with random crypto!

21 nafar magistr Prezident davlat stipendiyasiga munosib koʻri | "TIQXMMI" MTU Yangiliklari✍️

21 nafar magistr Prezident davlat stipendiyasiga munosib koʻrildi

2022/2023-oʻquv yilida magistratura bosqichi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga respublika oliy taʼlim muassasalarining 21 nafar talabasi tanlov komissiyasi qaroriga koʻra munosib deb topildi.

Prezident stipendiyasi talabalarga 1-sentabrdan boshlab, belgilangan miqdorlarga qat’iy rioya qilingan holda tayinlanadi.

Shuningdek, sovrindor boʻlgan talabalarning ilmiy rahbarlari ham belgilangan tartibda moddiy ragʻbatlantiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube