Get Mystery Box with random crypto!

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, Oʻzbekiston | "TIQXMMI" MTU Yangiliklari✍️

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining hamkorlikdagi EU-AGRIN loyihamiz doirasida INNOVATSION GʻOYALAR TANLOVINI eʼlon qilamiz.

Tanlovda gʻolib boʻlgan har bir loyiha 450 000 000 soʻmgacha moliyalashtiriladi.

Loyihalar Toshkent, Fargʻona va Qashqadaryo viloyatlarida amalga oshirilishi talab etiladi.

Taklif etiladigan loyihalar gʻoyasi qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirish va suvni tejash, tuproqni saqlash va undan unumli foydalanish, iqlim oʻzgarishiga moslashish va salbiy taʼsirlarni yumshatish va shu kabi mavzular bilan chambarchas bogʻliq boʻlishi kerak.

Tanlov shartlari haqida batafsil maʼlumot: https://bit.ly/3W9TLdT

Arizalar 2023-yil 9-yanvar sanasiga qadar 4agroinnovation@gmail.com elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

Muddatidan kechikkan arizalar koʻrib chiqilmaydi.



Мы объявляем КОНКУРС ИННОВАЦИОННЫХ ИДЕЙ в рамках нашего проекта EU-AGRIN, финансируемого Европейским Союзом, в сотрудничестве с Министерством сельского хозяйства Республики Узбекистан.

Каждый проект победивший в конкурсе будет профинансирован до 450 000 000 сумов.

Проекты должны быть реализованы в Ташкентской, Ферганской и Кашкадарьинской областях.

Идея предлагаемых проектов должна быть тесно связана с устойчивым развитием сельского хозяйства и водосбережением, сохранением и рациональным использованием почв, адаптацией к изменению климата и смягчением его последствий и подобными темами.

Подробная информация об условиях конкурса: https://bit.ly/3W9TLdT

Заявки принимаются по адресу 4agroinnovation@gmail.com до 9 января 2023 года.

Заявки с опозданием рассматриваться не будут.

tiiame.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube |Twitter