Get Mystery Box with random crypto!

Ekologik piramida qisqacha tushuncha Ekologik piramida qoida | i ♥️ biologiya ||rasmiy

Ekologik piramida qisqacha tushuncha

Ekologik piramida qoidasini 1927-z yil Ch. Elton tomonidan fanga kiritilgan bo'lib, uni asosii birinchi trofik daraja produsentlar , undan keyin konsumentlar tashkil etadi. Bir trofik darajadan ikkinchisiga o'tgan sari individlar soni kamayadi, lekin tana o'lchami kattalashib boradi. Tabiatda ekologik piramidalarning ko'rinishlari:

Sonlar piramidasi - individlar sonini aks ettiradi. Unga binoan oziq zanjirida birinchisidan ikkinchisiga o'tgan sari individlar soni kamayib boradi.

Biomassa piramidasi - tirik moddani umumiy quruq massasini aks ettiradi. Bunda birinchi zanjirdan ikkinchisiga o'tgan sari biomassa ortadi.

Energiya piramidasi - trofik darajalardagi energiya oqimini aks ettiradi. Quyi darajadan yuqori darajaga o'tgan sari energiyaning 10%i o'tishini hisobga olsak, oziq zanjiridagi trofik darajalarning umumiy soni 6 tadan oshmaydi.

Oziq zanjirining har bir trofik darajasida 90% energiya yo'qoladi, 10%i keyingi darajaga o'tadi. R. Lindeman ushbu qonunni 10% lik qoidasi deb atadi.

Masalan:

Produsentlar 1000kJ

Birinchi tartib
konsumentlar 100 kJ


Ikkinchi tartib
konsumentlar 10kJ

Uchinchi tartib
konsumentlar 1kJ


Qoʻshtirnoq ichidagi ba'zi adminlar olsangiz manba va tuzuvchi ismi bilan oling

Tuzuvchi : @Shuhrat_Gayratovich


@ILOVE_BIOLOGIYA
Sizni Supper darajaga yetaklaymiz