Get Mystery Box with random crypto!

O‘ZGANI AYBDOR QILMA Shamol Sulaymonning taxtiga teskari esdi | ILM NURI 🕊

O‘ZGANI AYBDOR QILMA

Shamol Sulaymonning taxtiga teskari esdi. Sulaymon: «Ey shamol, teskari esma» , - dedi.

«Teskari ish tutma, teskari harakat qilsang, mening tersligimga achchiqlanma!» . U qo‘li bilan tojini tuzatar, toj yana qiyshayib qolar edi. Naq sakkiz marta to‘g‘riladi, sakkiz marta egildi.

Dedi: «Ey toj, bu nimasi? Boshqa qiyshayma!» . Toj javob qaytardi:

«Meni yuz marta to‘g‘rilasang ham, yana baribir qiyshayaman, chunki, imonli kishi, sen qiyshayyapsan» . Shunda Sulaymon ko‘nglini to‘g‘ri qildi, ko‘nglidagi shahvatni sovutdi. Toji darhol to‘g‘rilandi, boshida istaganidek turdi. Sulaymon uni ataylab qiyshaytirar, toj esa yana to‘g‘rilanar edi. Ulug‘ payg‘ambar tojini sakkiz marta qiyshaytirdi, har safar toj to‘g‘rilandi. Xullas, boshingga qanday dard kelsa, o‘zgani aybdor qilma, o‘zingga boq!

«Mavlono Jaloliddin Rumiydan hikmatlar» kitobidan.

Yaqinlarga ham ulashing

Kanalimizga obuna bo‘lish uchun

ILM NURI (Sodiq qolsangiz kiring)