Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar xalqaro matematika olimpiadasida faxrli o‘rinlarni e | BuxDU_Ilmiy ishlar va innovatsiyalar rasmiy kanali

Talabalar xalqaro matematika olimpiadasida faxrli o‘rinlarni egallashdi

Joriy yil 23–28-aprel kunlari Turkmaniston ta’lim vazirligi tashabbusi bilan Ashxobod shahridagi Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “OMOUS-2023” xalqaro ochiq matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Germaniya, Vengriya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Eron, Meksika, O‘zbekiston va Ozarbayjon kabi 20 davlatdan jami 300 ga yaqin talaba qatnashdi. Yurtimizning 13 ta oliy o‘quv yurtidan 40 nafardan ziyod talaba ishtirok etdi.

Mamlakatimiz sharafini himoya qilgan talabalar olimpiada dasturida nazarda tutilgan yakkalik va jamoaviy bosqichlarda o‘z bilimlarini sinab, umumiy hisobda 5 ta kumush va 13 ta bronza bilan 4-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Vazirlik jamoasi olimpiadada munosib ishtirok etgan talaba-yoshlar va ularning ustozlarini qutlaydi!

Batafsil:
https://edu.uz/uz/news/view/5315

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube