Get Mystery Box with random crypto!

TABRIKLAYMIZ! UNIVERSITET JAMOASIGA BRONZA MEDALLARI MUBORAK B | BuxDU_Ilmiy ishlar va innovatsiyalar rasmiy kanali

TABRIKLAYMIZ! UNIVERSITET JAMOASIGA BRONZA MEDALLARI MUBORAK BO'LSIN

Joriy yilning 23-28-aprel kunlari Turkmaniston ta’lim vazirligi Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot Universiteti tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun xalqaro Ochiq matematika olimpiadasi (OMOUS-2023) yakka hamda jamoaviy tartibda o‘tkazildi.
Ushbu olimpiadada jamoaviy tartibda ishtirok etgan Buxoro davlat universiteti talabalar jamoasi
Qodirov Suhayl
Shodiyev Mirzobek
Boltayev Diyorbek
Rajabov Diyor
universitet, qolaversa yurtimiz sharafini himoya qilib, bronza medali sohibi bo‘lishdi.

Bundan tashqari, Olimpiadaning yakka tartibdagi A kategoriyasida jamoaning ikki nafar a’zosi
Shodiyev Mirzobek
Boltayev Diyorbek

Matematika ta'lim yo'nalishi talabalari Shodiyev Mirzobek va Boltayev Diyorbeklar yakka tartibda ham ishtirok etib bronza medali sohibi bo‘lishdi

Universitetga 3 ta bronza medali muborak bo'lsin!

Ishtirokchi talabalarni, universitet jamoasini, xususan Fizika-matematika fakulteti jamoasini, sovrindor talabalarning ilmiy rahbarlarini ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz ! Ularning kelgusidagi ilmiy-ijodiy ishlarida zafarlar tilab qolamiz.