Get Mystery Box with random crypto!

#Mulohaza Buvim “Oʻtganimizdan keyin orqamizdan Qurʼon tilov | 📚ILMGOH | NAJOT KEMASI

#Mulohaza

Buvim “Oʻtganimizdan keyin orqamizdan Qurʼon tilovat qilib, eslab turing-a?” deb koʻp gapirar edilar. Kattalardan bu gapni takror eshitganimda “Kishi oʻzi dunyoda koʻp solih amallar qilib olgani yaxshi emasmikan, keyin boshqalardan umidvor boʻlmay”, deya oʻylardim. Yillar oʻtib bu gaplarining boshqa maʼnosi ham borligini angladim.

Insoniyat (xususan musulmon) oʻzidan solih zurriyot qolishini xohlarkan. Yaxshi amallar bilan oʻtayotgan umr “estafeta tayoqchasi”ni keyingi avlodga qoldirar ekan, bu “tayoq” Qiyomatga qadar kelajak avlodlari qoʻlidan tushib ketmasligini istar ekan.

Namozini xushuʼ bilan oʻqiyotgan, yo mungli ovoz bilan qiroat qilayotgan yoxud qoʻlida tasbeh Alloh zikrini qilayotgan avlodini koʻrsa, beixtiyor bular qozonayotgan savobdan ulushi borligi esiga tushib, “oʻtganimdan keyin meni ham duoda unutishmasin” degan fikr xayoldan oʻtar ekan. Shu sabab oʻsha onda ajdodlarimizning mazkur istaklari tilga koʻchgan boʻlishi kerak.

Alloh Qiyomatga qadar zurriyodimizdan faqat solih, obid va fozillarnigina chiqarsin!

Manfa’atli deb bilsangiz, yaqinlaringiz bilan ham ulashing
@Ilmgoh_NK  ilm yo'lidagi hamrohingiz