Get Mystery Box with random crypto!

#Mulohaza 'Sizlar ro‘zador emassizlar' Ikki ro‘zador ayol ku | 📚ILMGOH | NAJOT KEMASI

#Mulohaza

"Sizlar ro‘zador emassizlar"

Ikki ro‘zador ayol kun yarmidan oqqandayoq hech sabr qilolmasdan, ya’ni ro‘zani iftorgacha tuta olishlariga ko‘zlari yetmay, Rasulullohga odam yuboribdilar.
"Biz og‘rib qoldik, juda og‘ir holatdamiz, ro‘zani ochishga ijozat bersinlar", deb iltimos qilishibdi.
Bularning mana shunday holatga tushib qolishlariga o‘zlari sababchi ekanliklari Payg‘ambar alayhissalomga Alloh taolo tomonidan ma’lum bo‘lgan edi. Allohning vahiysi bilan Rasululloh alayhissalom bu ikki ayolga bir kosani yubordilar va og‘izlariga olganlarini qaytarishni buyurdilar. Ikkala ayol qayt qildilar. Shunda ularning og‘izlaridan qon va go‘sht parchalari chiqdi. Payg‘ambar alayhissalom shunda: "Mana sizlarni nima kasal qilgan. Ro‘za tutib, Olloh halol qilgan narsalarni yeyishdan o‘zingizni tiydingiz-u, lekin Olloh harom qilgan narsa bilan — birovlarni g‘iybat qilish bilan mashg‘ul bo‘ldingiz. Og‘izlaringizdan chiqqan go‘sht parchalari va qon o‘sha sizlar g‘iybat qilgan kishining go‘shti va qonidir, sizlar ro‘zador emassizlar", dedilar.

Manfa’atli deb bilsangiz, yaqinlaringiz bilan ham ulashing
@Ilmgoh_NK  ilm yo'lidagi hamrohingiz