Get Mystery Box with random crypto!

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollal | 𝑰𝒍𝒎 𝒐'𝒓𝒈𝒂𝒏𝒊𝒏𝒈 🕊

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Arafa kunining ro'zasi ming kunning ro'zasi kabidir», dedilar».
Bayhaqiy rivoyat qilgan.

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Arafa kunining ro'zasi ikki yilga kafforatdir: undan oldingi va undan keyingi yilga...» dedilar».
Bayhaqiy, Nasaiy, Tabaroniy va boshqalar rivoyat qilgan.
Masala: Zulhijjaning to'qqizinchici, ya'ni arafa kuni ro'za tutish ulkan savoblarga sabab bo'ladi. Uning sharofatidan bir yil oldingi va bir yil keyingi gunohlar kechiriladi. Agar zulhijja oyining dastlabki kunlaridan to to'qqizinchi kuniga qadar ro'za tutilsa, nur ustiga nur bo'ladi.
Foyda: Zulhijjaning o'ninchi kunidan o'n uchinchi kunigacha, ya'ni to'rt kun ro'za tutish harom. SHu bois dastlabki to'qqiz kunda ro'za tutish fazilatli.


𝓘𝓵𝓶 𝓸'𝓻𝓰𝓪𝓷𝓲𝓷𝓰