Get Mystery Box with random crypto!

ILM NUR kutubxonasi

Telegram kanalining logotibi ilm_nur_kutubxonasi — ILM NUR kutubxonasi I
Telegram kanalining logotibi ilm_nur_kutubxonasi — ILM NUR kutubxonasi
Kanal manzili: @ilm_nur_kutubxonasi
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.11K
Kanalning ta’rifi

Noshir 🧑‍💻
Bukbloger 📚
Musahhih ✍️
Muharrir ✍️
Kopirayter 📝
Arabic teacher 🇸🇦
Fikrlashga undovchi fikrlar 💡
Kitoblarga taqriz 📑
Qalb kechinmalari 🤍
Va biroz tanqid!
Murojaat uchun: @Mirsaidov_199724

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-29 14:19:26 DIQQAT !!!
DIQQAT !!!

SIRDARYODAN GAPIRAMIZ !!!

Oramizda sirdaryoliklar bormi? Tayyor turing, sizlar uchun ajoyib yangiligimiz bor


Nima bólishi mumkin–a ?
Hozircha, taxmin qilib turing )

@Ilm_nur_kutubxonasi
389 viewsedited  11:19
Ochish/sharhlash
2022-08-29 06:18:02
#tonggi_kayfiyat

Xayrli tong, Millat!..

@Ilm_nur_kutubxonasi
427 viewsedited  03:18
Ochish/sharhlash
2022-08-28 14:21:44 #suhbat

@iBook_uz loyihasi va @Tirilishuz nashriyoti sentabr oyidan juda katta masshtabda kitobxonlar uchun qator yangiliklarni tayyorlab qóygan .

Keling, bugun @iBook_uz va @Tirilishuz haqida suhbatlashamiz. Kamchiliklar, yutuqlar, takliflar, tanqidlar, maqtovlar, hamma-hammasi bólsin. Ayniqsa, siz tomondan jiddiy takliflar bólsa, umumiy qilinishi kerak bólgan kontent planga qóshamiz .

Ishonavering, siz tarafdan bildirilgan hech qaysi fikr e'tiborimizdan chetda qolmaydi !
473 viewsedited  11:21
Ochish/sharhlash
2022-08-28 05:15:39
#kitob
#taqriz
#Lider_shaxsiyati

Brayan Treysining: "Lider shaxsiyati" kitobiga TAQRIZ!

Kitobda shaxs faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar, ularning yechimlari, liderlikning umumiy qonuniyatlari, rahbar va lider tushunchalari oʻrtasidagi farqlar haqida soʻz boradi. Shuningdek, kishilarda liderlik qobiliyati va lider shaxsiyatini shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

Kitob nimasi bilan shu mavzudagi boshqa kitoblardan farq qiladi?

Birinchidan, har bir bobda liderni tarbiyalash uchun zarur bólgan sohalar "detalniy" muhokama qilib berilgan. Yutuq va kamchiliklari alohida ta'kidlangan.

Ikkinchidan, kitob faqatgina nazariya bilan cheklanib qolmagan. Har bob yakunida amaliy mashģulot uchun topshiriqlar keltirilgan.

Uchinchidan, kitob kishina motivatsiya bilan "bóktirmaydi". Aniq, konkret xulosa va takliflar beradi. Ilmiy tadqiqotlar asosida yanada puxta yechimlar kórsatib ketilgan.

@Ilm_nur_kutubxonasi
804 views02:15
Ochish/sharhlash
2022-08-27 22:18:39 #mandat

O‘qishga kira olganlarni ham, kira olmaganlarni ham tabriklayman!

Nega?

Kira olganlarga taqdir yana bir imkoniyat beribdi.

Kira olmaganlar esa kóp narsa yutqazmadi. Negaki, bugungi oliy ta'lim tizimida óqimasangiz ham juda kóp narsa yutqazmaysiz. Boshimdan ótgan tabiblardanman). Demak, siz boshqa sohada haqiqiy bólajak lidersiz. Ishonavering!

@Ilm_nur_kutubxonasi
584 viewsedited  19:18
Ochish/sharhlash
2022-08-27 18:59:22 #iqtibos

Uluģlikni istadim, uni tavozelikdan topdim!

Hazrati Uvays Qaraniy

@Ilm_nur_kutubxonasi
536 views15:59
Ochish/sharhlash
2022-08-27 07:00:14
#mutolaa

Hazrati Rumiy aytganidek: "Sen izlayotganing, seni ham izlamoqda..."

Shu kitob ishtiyoqida qancha zorlandim. Yetishish uchun kóp harakat qildim. Alloh nasib qildi. Erishdim–u, mutolaasini boshladim.

Robbim, xayrli va manfaatli qil...

@Ilm_nur_kutubxonasi
553 viewsedited  04:00
Ochish/sharhlash
2022-08-26 14:52:00 #shunchaki

Qaysi kitobni o’qishimni tavsiya qilasiz?

Shaxsiyga kóp yozishadi: qanday kitoblarni óqishimni tavsiya qilasiz?

Shunda sórayman: maqsad? Ya'ni, kitob óqishdan bosh maqsadingiz nima?

-Hayotimni, dunyoqarashimni o’zgartirish.

Bir dona kitob inson hayotini tubdan ózgartirib yuborishi juda qiyin voqelik. Dóstim, bir fikrni teran anglashingiz kerak, odamni kitob o’zgartirmaydi, balki tizimli kitob mutolaasi o’zgartiradi.

Kuniga kamida yarim soat, bir soat doimiy o’qish yillar davomida sizni umuman boshqa shaxs darajasiga olib chiqadi. Óqilishi kerak bólgan aniq kitoblar róyxati yóq. Boshlanishiga — qiziqishingiz doirasidagi kitoblarni óqing.

Bugungi kunda yangi kitobxonlarning aksariyati mutolaani Amina Shenliko'g'li, Robin Sharma, Mirach Chag‘ri Oqtosh, Hakan Menguch, Deyl Karnegi, Elchin Safarlilardan boshlaydi. Ularning kitoblarini mutolaa qilish asnosida o’qishning gashtini tatib kórgach, qiyinroq, murakkabroq mavzularni tusab qoladi: Tolstoy, Dostoyevskiy, Freyd, Bodler...

5–6 yil o’tib, ular ham oddiylik qila boshlaydi, endi esa qanday qilib ruhiyat, robototexnika, sun'iy ong, psixologiya, siyosat kabi xos adabiyot namunalariga murojaat qilganini ózi ham anglamay qoladi. Bu — ensiklopedik o’qish deyiladi. Dunyoqarashni va umuman odamni aynan mana shunday o’qish o’zgartiradi.

Bir tajribali kitobxon akamiz aytganidek, kitob o’qishdan yakuniy maqsad o’zgarish bólmasligi kerak. Bu o’zgarish hali foydalimi yo’qmi, bizga noma’lum. Yakuniy maqsad — kutubxonadagi hech qaysi kitobdan qo’rqmaydigan darajaga chiqa olish.

@Ilm_nur_kutubxonasi
1.2K viewsedited  11:52
Ochish/sharhlash
2022-08-26 07:05:36
#kayfiyat

Instagram sahifamizda ham 1,6 K lik dovondan oshibmiz.

@Ilm_nur_kutubxonasi
780 views04:05
Ochish/sharhlash
2022-08-25 03:49:14 Onlayn Chatimiz Audiosi

0:00-01:35-Tanishtiruv
01:36-Kitob uchun yutuqlar
04:30- Spikerimiz haqida ma'lumot
05:10 - "Lider shaxsiyati" kitobi taqdimoti, IBOOK va TIRILISH nashriyotlari haqida
11:05-Kitoblar narxlari va kutubxonlarning hozirgi ahvoli
23:49- Yutuqlar haqida eslatma
24:38- "Lider shaxsiyati" haqida batafsil
30:20- Manfaatli taklif
64:43 - Yosh bolalarga mo'ljallangan kitoblar
72:46- Spikerimizidan o'qish uchun tavsiya kitoblar
83:52 - Yutuq egalarini aniqlash

Mana shunday ovozli chatlar tez-tez bo'lishini istasangiz fikrlaringizni izohlarda qoldiring...
825 views00:49
Ochish/sharhlash