Get Mystery Box with random crypto!

“Universitet” va “institut” oʻrtasidagi farqlar nimalardan ibo | Докторантлар ва илмий изланувчилар | PhD, DSc

“Universitet” va “institut” oʻrtasidagi farqlar nimalardan iborat?

Talaba yoshlarimiz orasida “universitet” “institut” oʻrtasida nima farq bor degan savollar koʻp uchraydi. Hozirgi kunga qadar quyidagi xalqaro amaliyot asrlar davomida shakllangan…

Universitet bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti sanaladi. Ayrim mamlakatlarda, kamida 7 ta yoʻnalish boʻlishi kerak.

Institut esa maʼlum bir taʼlim yoʻnalishiga ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtidir.

“Universitet” tushunchasi “institut” tushunchasidan koʻra kengroq. Ta’lim imkoniyatlari va oʻquv kurslari jihatidan dunyoning barcha mamlakatlarida universitet eng yuqori taʼlim muassasasi hisoblanadi. 

Universitet ilmiy faoliyat bilan shugʻullanadi.

Gʻarb mamlakatlarida odatda institutlar universitet tarkibida boʻladi. Universitetlar institutlarga qaraganda kengroq akademik, moliyaviy va boshqaruv mustaqilligiga ega.

Shuni e’tiborga olish zarurki, zamonaviy dunyoda ish beruvchilarning aksariyati universitet va institut oʻrtasidagi farqlarga ahamiyat berishmaydi. Eng muhim omil – bu bitiruvchi tomonidan oʻzlashtirilgan bilim va koʻnikmalar, samara va ishga ishtiyoq.

Ps: ma'lumotlarni boshqa ilmiy doiralarga ham yuborib qo'ying!

Kanalga ulanishni unutmang
@ILM_NUR_2020