Get Mystery Box with random crypto!

-Umr nima, ey odam, -Umr uchib ketgan qush. -Armon nima,ey oda | 𖣔𝙸𝚕𝚖 𝚋𝚒𝚕𝚊𝚗 𝚣𝚊𝚋𝚝 𝚎𝚝𝚊𝚖𝚒𝚣

-Umr nima, ey odam,
-Umr uchib ketgan qush.
-Armon nima,ey odam?
-Armon esdan chiqqan tush...

-Omad nima,ey odam?
-Ikkala sog' qo'lingdir.
-Orzu nima,ey odam?
-Orzu yurgan yo'lingdir...

-Yolg'on nima,ey odam?
-Yolg'on uzun ertakdir.
-Haq nimadir,ey odam?
-Haqiqat qon yurakdir.

-Qayg'u nima, ey odam?
-Qayg'u ham shirin armon.
-Baxt nimadir,ey odam?
-Baxt bir burda qora non.

-Qora non nima,ey odam?
-Qora non-iymon jo'ra,
-Iymon nima,ey odam?
-"Xalq dushman"idan so'ra!....

Muhammad Yusuf

@ilm_bilan1