Get Mystery Box with random crypto!

(Kanallarimga oxirgi vaqtlarda kaʼm eʼtibor qaratayotganing ha | Ikrom Ruzimurodov | Nomalar...

(Kanallarimga oxirgi vaqtlarda kaʼm eʼtibor qaratayotganing ham sababi aynan mana shu yerdagi ishim boʻladi! )

Kinematografiya agentligi qoshida tashkil etilgan va ayni paytda biz faoliyat olib borayotgan “Kino san'ati” jurnalining rahbari Adham aka Usmonov bilan!

Buyerda ish boshlaganimga va ular bilan tanishganimga endigina 1 oydan oshdi. Va men bu insonni nafaqat jamoamizning rahbari, balki o’z akam va ustozim ham deya olaman. Chunki, ayni paytda ulardan va umuman mazkur jamoadan ko’p narsalarni o’rganyapman va albatta katta tajriba to’playapman desam aslo mubolag’a bo’lmaydi! Ijodkorlik tomonalama… Insoniylik tomonlama…

Albatta, ish jarayonidagi kamchiliklar va ayrim vaziyatlarda tushunmovchiliklar ham bo’lib turadi. Shunda ham buni to’g’ri qabul qilib, imkon va toʻgʻri yoʻnalish berayotganliklari uchun ham ularga minnatdorlik bildirsam arziydi.

Men ushbu jamoada ekanligimdan mamnuman! Rahmat!

P.S. Hali oldinda katta nufuzli xalqaro kinofestival bor! Asosiy sarguzashtlar ana shundan boshlanadi...

@IkromRuzimurodov