Get Mystery Box with random crypto!

Virtual 207 Old

Telegram kanalining logotibi ikbol_ilxomovic_channel — Virtual 207 Old V
Telegram kanalining logotibi ikbol_ilxomovic_channel — Virtual 207 Old
Kanal manzili: @ikbol_ilxomovic_channel
Toifalar: Telegram , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 10
Kanalning ta’rifi

Virtual 207 kanalining eski manziliga xush kelibsiz!
Yangi kanal manzili: t.me/mutarjim2019

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-02-13 06:18:17
#IntelLeagueMarathon intellektual turniri, 6-tur bellashuvi 2021-yil 15-fevral, Dushanba kuni soat TK 20:00 da boʻlib oʻtadi.

Round 6 of #IntelLeagueMarathon intellectual contest will be held on February 15, Monday, at 20:00 PM.

https://t.me/ikbol_ilxomovic_channel
161 views03:18
Ochish/sharhlash
2021-02-12 20:50:39 #xushxabar #goodnews

Abdulloh Jo‘raxonovdan xet-trik!

Hozirgina o‘quvchimiz AQSHning Ogayo shtatida joylashgan Xavier universitetiga qabul qilingani haqida shaxsan xabar qildi.

Umumiy grant miqdori - $94K!

Yashang, Abdulloh! Otangizga ming rahmat!

Barcha maktabdosh, sinfdosh do‘stlar, ustozlar nomidan tabrigimni qabul qiling!



t.me/ikbol_ilxomovic_channel
190 viewsedited  17:50
Ochish/sharhlash
2021-02-12 20:05:00 Uh... Yomon qimirladi-yu...

t.me/ikbol_ilxomovic_channel
174 views17:05
Ochish/sharhlash
2021-02-12 16:44:23 #MusicBreak

“Berlin – Oqqoʻrgʻon” filmiga saundtrek
180 views13:44
Ochish/sharhlash
2021-02-11 18:47:20 ​«Заковат» интеллектуал клубида янги мавсум, янги давр бошланмоқда! Бир-биридан қизиқ интеллектуал турнирлар, ўйинлар Сизни кутиб турибди. Масалан, 27-28 февраль кунлари брейн-ринг ўйини форматида катта очиқ чемпионат ўтказилмоқда. Соврин жамғармаси ҳам…
196 views15:47
Ochish/sharhlash
2021-02-11 16:29:07 #MusicBreak
193 views13:29
Ochish/sharhlash
2021-02-11 08:06:37 #Komil_inson
Hammaning yoshligi turli xil tarzda o’tgan. Kimlardir sportni yoqtirsa, kimlardir rasm chizishni o’z sevimli mashg’uloti deb bilgan. Tabiiyki, ba’zilar yolg’izlikni sevgan. Ushbu turdagi bolalar odatda boshqa bolalarga qo’shilishga, ulardan ajralib qolmaslikka rag’batlantirilganlar. Vaqti yetib voyaga yetsalar ular bilan aloqani uzmaslikka, “qo’shilib turish”ga chaqirganlar, go’yoki busiz inson o’zini komil sanay olmagandek…

Bu dunyoda turli xil millat vakillari bor va ularning urf odatlari ham, “ideallari” ham turlicha. Har bir millat vakili o’z avlodining risoladagidek bo’lishi uchun harakat qiladi va bu yo’lda o’z fikri, dunyoqarashidan kelib chiqqan holda ish ko’radi. Ya’ni sizga komil bo’lish qandayligini o’rgatuvchi millatingiz boshqa millat ideallaridan farq qilishi mumkin; balki yaxshiroq yoki aksincha. Siz insonlarning umr bo’yi yig’gan pulini to’ylarga, hashamatli uy-joyu mashinalarga sarflab yuborishini, qimmatli vaqtini futbolga, turli xil bachkana, be’mani ko’rsatuvlarga almashishini yoqtirmassiz, ammo qolganlardan “ajrab qolmaslik uchun” shu ishlarni qilishga majbur bo’lishingiz mumkin. Albatta, sizni hech kim majburlamaydi, siz o’z fikringiz egasisiz va ushbu nodir ne’matni to’g’ri yo’lda ishlata bilishingiz boshqalarning siz haqingizda nima deb o’ylashiga qiziqmasligingizga olib kelishi mumkin.

Inson, albatta, risoladagiday bo’lishi uchun o’z ibrat timsolini topishi mumkin, unga ergashishi mumkin va eng asosiysi, to’g’ri fikr va olomon fikrini farqlay bilishi muhim. Hech kim qadrlamaydigan inson sizga yoqishi mumkin va sizning oqilona (!) fikringiz boshqalardan ajrab bo’lsada o’sha insonga muridlikni yoqlashi mumkin. Qizig’i, ushbu holat faqat sizda emas, boshqalarda ham kuzatilishi, ayrimlarda kuzatilmasligi ham ehtimoldan xoli emas. Bundan kelib chiqib, “hamma har xil ekan, demak hammaning nazdida “komil inson” har xil ko’rinish kasb etadi”, - deya olishimiz mumkinmi?!

Sizga o’nta inson o’n xil maslahat berishi va sizning fikringiz o’n birinchisi bo’lishi ham mumkin. Boshqalarning nazdida risoladagidek ko’rinish o’zini qirqqa bo’lishga o’xshaydi. Hammaning ideali har xil va kishi o’zining idealligini bilishga majbur emas. Siz o’zingizning aqlingizni ishlatgan holda o’z idealingizni topdingizmi, demak siz o’zingiz uchun haqsiz. Buning boshqalarga daxli yo’q, bo’lishi ham qiyin. Bu dunyoda hech kim bir-biridan rozi bo’lmaydi, aslida. Shunday ekan, sizning ham, o’zgalarning ham komilliklari o’zlarida, o’z qalblarida qolgani yaxshi, fikrimcha. Kim haq, kim nohaqligini esa narigi dunyoga qoldira qolaylik, nima deysiz?!

https://t.me/husaynboymurod
196 views05:06
Ochish/sharhlash
2021-02-11 07:11:35
#BizBirYoshdamiz! #IntelLigaBirYoshda!
261 views04:11
Ochish/sharhlash
2021-02-11 01:14:53 #IntelLeague #Savollar

Soʻrovnoma natijalariga koʻra 62 kishi (soʻrovnomada ishtirok etganlarning 79 foizi) #IntelLeague klubining tayyorgarlik mashgʻulotlarida oʻynalgan mualliflik savollari taqdim etilishi istagini bildirganlar.

Marhamat, quyidagi havola orqali oʻtgan holda mashgʻulotlarda oʻynalgan eng sara mualliflik savollari bilan tanishishingiz mumkin: https://charactereducation.uz/post?id=226

PS. Oflayn oʻyinlarning onlayn oʻyinlardan farqi – bunday bellashuvlar haqiqiy bilim, mantiq, biror-bir manbaga emas, faqat oʻz imkoniyatingizga tayanish kabi shartlardan iborat.

Bir qarashda savollar oson tuyulishi mumkin, lekin ishoning – oʻyin paytida dumaloq stol atrofida jam boʻlgandagina bunga haqqoniy baho berish mumkin.

https://t.me/ikbol_ilxomovic_channel
237 views22:14
Ochish/sharhlash