Get Mystery Box with random crypto!

Bugun, 13-fevral kuni O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixolog | IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI

Bugun, 13-fevral kuni O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya kafedrasi, Yoshlar parlamenti va Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan "Bir asrning ikki dahosi" tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan ruboiy va g‘azallar o‘qildi, ularning shoir va davlat arbobi sifatida bosib o‘tgan yo‘li, qilgan ishlari haqida qiziqarli ma’lumotlar o‘qib eshittirildi hamda Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahnaviy ko‘rinishlar talaba yoshlar tomonidan mahorat bilan ijro etildi.

Yoshlar parlamenti va Yoshlar ittifoqi kengashining rasmiy telegram kanali:
@fakultetimiz_iftixorlari