Get Mystery Box with random crypto!

Inson bir ishni qilmasdan, o'sha ishni oson deb hisoblayveradi | Ижтимоий раис

Inson bir ishni qilmasdan, o'sha ishni oson deb hisoblayveradi bu insoniyatning qonida bor. Masalan, Rio-2016 Olimpiya o'yinlarida suzish bo'yicha chempionlar - Maykl Felps, Penny kabi sportchilar chempion bo'lishganida, vay vapshe osonki basseynda suzish, manam chempion bo'lsam kerak deb o'ylardim. Chunki, o'sha payt suzishni bilmasdim, shunchaki oson sport turi deb o'ylardim.

Keyin nima bo'ldi?

Keyin suzishni o'rgandim(kanalda). Oqim bilan birga va oqimga qarshi suzishni o'rgandim. Keyin Tokio-2021 Olimpiya o'yinlarini ko'rdim va suzish bo'yicha aksariyat medallarni AQSH liklar olishdi. Endi men geroyman, suzishni bilaman, oqimga qarshi suzishni bilaman daje. Cho'kish ehtimolim 0.0001foiz (hamma narsa Allohdan to'g'ri) Keyin man yutamanku bu sportchilarni suzishda degan hayol o'tdi.

Shu yil Toshkentga keldim, va basseynga bordim. Borib yorib tashayman suzishni deb bordim, yonimdagi sherigim ham shunaqa dedi. Man kalla tashlab narigi tarafga o'tdim. Tipa hamma narsani bitta hisobga olib chiqib ketdim. Chuqurligi 1.70 dan chuqurroq va suzish qiyinroq ekan, degan narsa miyamga keldi. A mani sherigim bo'lsa srazu oyoq bilan tashladi va cho'kdi(qutqardik uni) Xullas, basseynda suzish haqiqatdan ham qiyin ekan. Charchamasdan normal holatda 50/60 metr suzishga yetarkan kuchim. Uyog'i charchoq bilan suzish, suzish yoqmaydi uje. Keyin angladim oqim yo'q joyda suzish qiyinligini.

Xullas, mashnaqa gaplar. Senda ham bo'ladi-ku to'g'rimi? Shu ishni boshqa qilsa, ee man buni yorib tashayman deysan. Keyin manga o'xshab((