Get Mystery Box with random crypto!

Zilzila, go'zal eslatma... - Bugungi zilzila Ramazon oyi kiri | IJODKOR YOSHLAR

Zilzila, go'zal eslatma...

- Bugungi zilzila Ramazon oyi kirib kelishidan avval go'zal eslatma bo'ldi, shaxsan men uchun.

Nimaning eslatmasi?
Tavbasiz gunohlarimiz ko'pligini eslatmasi...
O'lim bilan yuzlashishga hali tayyor emas ekanligimizni eslatmasi...
Yaqinlarimizdan ayrilishdan qo'rqishimiz va ularni biz o'ylaganimizdan-da ko'proq yaxshi ko'rishimiz eslatmasi...
Va yana ko'pdan-ko'p tuyg'ular...

Ha, ertadan Masjidlarda taroveh namozlari boshlanadi, Ramazon kirib keladi. Tavba qilish, poklanish va o'zimizni isloh qilishimiz uchun eng go'zal lahzalar eshik qoqib turibdi. rahmat va mag'firat oyi, tavba oyi, sakinat oyi kirib kelmoqda...

Xullas, Ramazondan bir kun avval bunday zilzila bo'lishi biz Ramazon oyiga, undagi Allohning rahmatiga qanchalik muhtoj ekanligimizni eslatdi.

O'zingizni ehtiyot qiling, Ramazonga tayyorlaning.

anvarovsblog