Get Mystery Box with random crypto!

Yosh ijodkorlar uchun ajoyib imkoniyat! O'zbekiston Respubl | Yosh ijodkorlar kengashi - Duel

Yosh ijodkorlar uchun ajoyib imkoniyat!

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” respublika tanlovi eʼlon qiladi.

Tanlov to‘rtta yo‘nalishda o‘tkaziladi.

“Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud” yo‘nalishida mahalliy ijro etuvchi tuman/shahar hokimliklari ishtirok etadi.

“Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari o‘rtasida aniqlanadi.

“O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha va dasturiy mahsulotlar” yo‘nalishida ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi.

“O‘zbek tilining qudrati va go‘zalligini tarannum etgan eng yaxshi badiiy asar” yo‘nalishida yozuvchi, shoirlar ishtirok etadi.

Izoh: Mazkur yo'nalishga badiiy ijodning nasr, nazm, badiiy publisistika va badiiy tarjima janrida yozilgan asarlar qabul qilinadi.
Tanlovga topshirilgan ijodiy ishlar 2021-yilning 1-sentabridan 2022-yilning 1-sentabrigacha bo'lgan vaqtda matbuot nashrlarida e'lon qilingan yoki kitob holida chop etilgan bo'lishi lozim.
Bir muallif tanlovning faqat bir yo'nalishida ishtirok eta oladi. Oldingi yillarda ushbu tanlovda g'olib bo'lgan ishtirokchidan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi.
Tanlovga ijodiy ishlar 2022-yil 1-iyuldan 1-sentabrgacha qabul qilinadi.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha qo'shimcha ma'lumotlarni (71) 231-23-46 telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.

Tanlov shu yilning 1-iyulidan 1-sentabriga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi.

Batafsil maʼlumot:
www.til.gov.uz saytida
(71) 215-53-98, (71) 239-86-99

Tanlovni #qadribalandonatilim kalit so‘zi bilan ommalashtiring.
#qadribalandonatilim

@ijodkorlarkengashi