Get Mystery Box with random crypto!

​Diqqat e'lon Siz fotografmisiz? Yoki hayotimizning | Yosh ijodkorlar kengashi - Duel

​Diqqat e'lon

Siz fotografmisiz?
Yoki hayotimizning eng qaynoq lahzalarini suratga olishni yaxshi ko‘rasizmi? Unda bu– aynan siz uchun!

Yoshlar ishlari ishlari agentligi va Respublika yosh ijodkorlar kengashi hamkorlikda Qizlar ovozi forumi doirasida 101 o‘zbek ayoli fototanlovini e'lon qiladi.

Loyiha davomida bugungi o‘zbek ayoli, uning tashvishlari, quvonchlari, kundalik hayoti, ijtimoiy faoliyati, yutuqlari, kamchiliklari, kulgisi, va (balki) ko‘zyoshlari, qo‘yingki, barcha-barcha hislari hali hech kim ko‘rmagan talqinda, yangicha spektr va rakurslarda namoyon bo‘ladi.

Eng sara 101 ta surat tanlab olinadi va "Qizlar forumi" doirasida 10—11-mart kunlari Yoshlar ijod saroyida tashkil etiluvchi 101 o'zbek ayoli fotoko'rgazmasida namoyishga qo'yiladi.

Ko‘rgazmaga eng ko‘p ishi kiritilgan hamda ko‘rgazmada eng yaxshi deb topilgan ijodiy ish mualliflariga 5 million so‘mdan pul mukofoti beriladi.

Qatnashish istagida bo‘lgan ijodkorlar o‘z fotosuratlarini 3-mart sanasiga qadar (shu kuni ham) @yuzbirayol_bot telegram manziliga yuborishlari shart.

Tanlov nizomi bilan bu yerda tanishing.

Axborot hamkor: CameraZone


Ma'lumot uchun: +998331993809

https://t.me/ijodkorlarkengashi