Get Mystery Box with random crypto!

Yosh ijodkorlar orasida yilning uzoq kutilgan voqeasi “Duel” i | Yosh ijodkorlar kengashi - Duel

Yosh ijodkorlar orasida yilning uzoq kutilgan voqeasi “Duel” ijodiy tanlovi respublika bosqichi o'z nihoyasiga yetdi

16-sentabr kuni “Adiblar xiyoboni”da loyihaning so‘nggi finali bo‘lib o‘tdi. Respublika bosqichida ishtirok etgan 67 nafar ishtirokchidan saralangan 10 nafar ijodkorlar 4 ta – nazm, nasr, badiiy tarjima, tasviriy san’at yo‘nalishi finalchilari bellashdilar.

G‘oliblar bilan tanishing:

Nazm
1- o‘rin: Shahriyor Shavkat
2- o‘rin: Suhrob Ziyo

Nasr
1- o‘rin: Shavkat Do‘stmuhammad
2- o‘rin: Firdavs Shokirov

Badiiy tarjima
1- o‘rin: Alisher Sabriy
2- o‘rin: Shohruh Usmonov

Tasviriy san'at
1- o‘rin: Ulug‘bek Yusupov
2- o‘rin: O‘ktam Isergapov

G‘olib bo‘lgan ijodkorlarning har biri 25 million so‘m, ikkinchi o‘rin egalari 15 million so‘m hamda Respublika bosqichining barcha ishtirokchilari 5 million so‘mdan pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi