Get Mystery Box with random crypto!

Jizzaxdan ham quruq qaytmadik 'Duel' ning navbatdagi bosqi | Yosh ijodkorlar kengashi - Duel

Jizzaxdan ham quruq qaytmadik

"Duel" ning navbatdagi bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Nazm yo‘nalishidagi yangi nomlar esa ancha vaqt yodimizda qoladi.

Jizzax yosh shoirlari va she'riy muhitida hali ancha ishlar qilinishi kerakligi ko‘zga tashlandi.
Shunday bo‘lsada munosiblarni tanlab olishga erishdik.

Shunday qilib natijalar bilan tanishing.

Final.

Asliddin Abdurazzoq - Odilbek Irsbekov 27:25

Demak, Jizzax sharafini Respublika bosqichida Asliddin himoya qiladi.

Shuningdek, Jizzax viloyatida "Eng yaxshi ishtirokchi" nomiga Abduqodir Mahmud munosib ko‘rildi va rag‘batlantirildi.

Barcha ijodkorlarga katta rahmat, yana ko‘rishamiz,


Eslatma: 16-17-iyul kunlari tanlovning Sirdaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Batafsil: +998998972213

@ijodkorlarkengashi