Get Mystery Box with random crypto!

Samarqandi azimda 'Duel' nihoyasiga yetdi!!! 'Duel'ning Samar | Yosh ijodkorlar kengashi - Duel

Samarqandi azimda "Duel" nihoyasiga yetdi!!!

"Duel"ning Samarqand viloyati bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Badiiy tarjima yo‘nalishi tomoshabinlarning eng ko‘p hayratiga sabab bo‘ldi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Samarqand ijodkorlari orasida mahoratli tarjimonlarning o‘rni alohida ahamiyatga ega ekanini ko‘rdik .

Natijalar esa quyidagicha:

Alisher Sabriy va Azizbek Ergashev o‘rtasidagi final kurashi teng deb baholandi.

Alisherning nafis tojik tilidan, Azizbekning maftunkor ispan tilidan qilgan tarjimalari tinglovchilarni hayratlantirmay qoldirmadi.

Shunday ekan, respublika bosqichida ularning har ikkisi Samarqand sharafini himoya qiladi.

Barcha ijodkorlarga katta rahmat. Katta rahmat, Samarqand !

Eslatma: 13-14-iyul kunlari tanlovning Jizzax viloyati bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Jizzax Yoshlar markazi

Batafsil: +998(88) 340 12 06

@ijodkorlarkengashi